Hypixel




 

Hypixel ( rasmiy nomi: Hypixel Network ) 2013-yil 13-aprelda Simon Collins-Laflamme va Philippe Touchette tomonidan chiqarilgan Minecraft uchun mini oʻyin serveri boʻlib, Hypixel Inc. tomonidan boshqariladi. Hozirgi kunda Hypixel serveriga Minecraftning faqat Java nashri oʻyinchilarigina kira oladi, biroq ilgari server Bedrock nashridagi oʻyinchilar uchun ham mavjud edi. Hypixel umumiy hisobda toʻrtta Ginnesning rekordlar kitobiga kirgan va hozirda eng katta Minecraft serveri hisoblanadi.

Tarix



Hypixel serveri ilk bor sinov tariqasida 2013-yil 13-aprelda Simon Collins-Laflamme va Philippe Touchette tomonidan chiqarilgan. Server Hypixel Inc. tomonidan boshqariladi Dastlab ular birgalikda Minecraft uchun sarguzasht xaritalarini yaratishgan va xarita treylerini oʻz YouTube sahifasiga yuklashgan. Hypixel serveri ushbu xaritalarni oʻynash va tuzilishini koʻrsatish uchun yaratilgan edi. Mini oʻyinlar dastlab foydalanuvchilarning boshqa oʻyinchilarni kutishlari paytida oʻynashlari uchun yaratilgan edi, ammo mini oʻyinlar oʻz-oʻzidan mashhur boʻlib, ushbu serverni boshqa serverlardan ajratib turadigan asosiy farqga aylandi.

Hypixel Inc., Hypixel serverining taʼminotchisi. 2013-yil 23-yanvarda „8414483 Canada Inc“ nomi ostida Kanada korporatsiyasi sifatida roʻyxatga olingan. Keyinchalik 2015-yil 2-fevralda uning nomi „Hypixel Inc.“ ga oʻzgartirildi.

2015-yilda serverni yuritish harajatlari oyiga taxminan 100 000 dollarga tushishi maʼlum boʻldi.

2021-yil aprel holatiga koʻra, server muntazam ravishda 150 000 dan ortiq oʻyinchilarni oʻz ichiga jamlagan. Huddi shu yili 16-aprelda muntazam oʻyinchilar soni eng baland choʻqqisiga chiqdi va 216 000 dan oshdi Server egasining tvitiga koʻra, 2020 yil aprel oyida server 18 million bir-birini takrorlamas oʻyinchilarga ega edi.

Hujumlar



Taxminan 2018-yil aprel oyidan Hypixel serverga qarshi zararli dastur boʻlgan Mirai tomonidan amalga oshirilgan koʻplab hujumlar qurboni boʻlganidan soʻng, DDoS himoyasi sifatida Cloudflare Spectrum-dan foydalanishni boshladi.

Mukofotlar va nominatsiyalar



2017-yilning 20-oktyabrda Hypixel toʻrtta Ginnesning rekordlar kitobiga kirganligini eʼlon qildi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz