Hype House




Hype House — Kaliforniyaning Moorpark shahrida joylashgan oʻsmir TikTokerlar jamoasi, shuningdek, baʼzi aʼzolar yashaydigan uy nomi. Bu kontent yaratuvchilarga birgalikda osongina video yaratish imkonini beruvchi hamkorlikdagi kontent yaratish uyidir. Hozirgi aʼzolar orasida Thomas Petrou va Mia Hayward bor.

Uyning oʻzi ispan uslubida quruilgan. Saroy saroy hovlisi, basseyn, ochiq sport zali, jakuzi, katta oshxona va ovqatlanish joylarini oʻz ichiga oladi. Hype House manzili ikki marta oʻzgartirilgan; jamoa dastlab Moorparkdagi hozirgi uyiga koʻchib oʻtishdan oldin Los-Anjelesdagi ikki xil uylardan foydalangan. Jamos aʼzolari ham vaqt oʻtishi bilan oʻzgarib kelmoqda.

Tarixi



Jamoa 2019-yil dekabr oyida tashkil etilgan boʻlib, u TikTokda faoliyat olib boradigan yigirmaga yaqin z avlod vakillaridan tashkil topgan. Yaratilish uchun mablagʻning katta qismi Daisy Keech, Chase Hudson, Thomas Petrou, Charli D'Amelio, Dixie D'Amelio, and Addison Raedan kelgan. Jamoada eng koʻp aʼzo, guruh asoschilaridan biri Deysi Keech 2020-yilning mart oyida tark etguniga qadar, 21ta boʻlgan va uning guruhni tark etishiga boshqa aʼzolar bilan boʻlgan ichki kelishmovchilik sabab qilib keltirilgan. 2020-yil may oyida, qachonki Hype House koʻproq biznesga aylana boshlaganda, opa-singil D'Amelioslar ham jamoani tark etganini tasdiqladi. Oʻsha vaqtda YouTube va TikTokda faoliyat olib borayotgan Larrey 2020-yil yanvar oyida guruhga qoʻshildi. Ammo oʻzining jonli efirida oʻsha yilning oxirida guruhni tark etganini tasdiqladi. Vinni Hacker, 2021-yil yanvar oyida guruhga qoʻshildi, bu Hype House muxlislarining koʻpchiligini ajablantirdi. Rossiyalik model Renata Valliulina (shuningdek, Renata Ri nomi bilan ham tanilgan) ham oʻsha yilning dekabr oyida guruhga qoʻshildi.

House yaratuvchisi Thomas Petrou bilan suhbatdan soʻng, mashhur kontent yaratuvchisi Tabitha Swatosh jamoaga qilindi va 2022-yil 28-yanvarda Hype House aʼzosi boʻldi. Sam Dezz va Brooke Monk ham 2022-yil 1-apreldan boshlab jamoaga qoʻshilishdi. Paige Taylor 2022-yil 14-mayda rasman aʼzo boʻldi. 2022-yilning mayi davomida Hype House boshqa kontent house Breezy Boys LA bilan tez-tez hamkorlik qiladi. Keyin, 2022-yil 3-iyun kuni barcha oldingi Breezy Boys aʼzolari (Ace Akers, Bryce Parker, Eddie Preciado, Jacob Day, Jackson Dean, va Kristian Ramey) Hype Housening rasmiy aʼzolariga aylanishdi. 2022-yil oktabr-noyabr oylarida Paige Taylor, Bryce Parker, va Jackson Dean uyni tark etishdi. Ace Akers, Eddie Preciado va Kristian Ramey uyni 2022-yil oktabrgacha tark etishdi. 2023-yilning 6-aprelida Petrou saroyni sotishini eʼlon qildi, ammo mashxur uy qanday shaklda davom etishini eʼlon qildi
Jamoaning hozirgi aʼzolari Thomas Petrou, Mia Hayward, Jacob Day, Sadie Mckenna va Breese Marocdan iborat.

Realiti serial



2021-yil 22-aprelda Netflix The Hype House nomli realiti-serialni namoyish qilishini eʼlon qildi, bu serialda Annon, Dragun, Hacker, Hayward, Hudson, Merritt, Petrou, Warren va Wright rol oʻynagan. The Hype House seriali Netflixda 2022-yil 7-yanvarda premyera qilindi.

Bahslar



2020-yil 21-iyulda Nikita Dragun Hype House saroyida COVID-19 pandemiyasi paytida Larreyning kutilmagan tug‘ilgan kunini o‘tkazdi. Bazmga James Charles va boshqa internet yulduzlari tashrif buyurdi. Bazm Kaliforniyadagi COVID-19 qoidalariga muvofiq oʻtkazilmagan edi. U yerda 67ta odam qatnashgan, va ularning koʻpi niqob taqmagan edi. Tadbirning fotosuratlari va videolari Instagramda paydo boʻldi. Ushbu postlar jamoatchilik tomonidan, jumladan, Elijah Daniel va Tyler Oakley kabi boshqa bloggerlar tomonidan tanqid qilindi. Merritt va ziyofatning boshqa ishtirokchilari keyinroq kechirim soʻrashdi. Keyinchalik Hype House aʼzolaridan COVID-19ni tekshirish uchun testlar olindi.

Daʼvo



2023-yil 24-yanvarda uy egasi toʻlanmagan ijara haqi va uyning vayron boʻlgani uchun Hype House jamoasidan 300 ming dollar undirishini eʼlon qildi.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz