Hyon Yong-chol




Hyon Yong-chol (talaffuzi: Hyong Yong-chol) (1949-yil 11-yanvar — 2015-yil 30-aprel) — Shimoliy Koreya generali va Koreya Mehnat partiyasi (WPK) siyosatchisi. Hyong Yong-chol 2014—2015-yillarda Mudofaa vaziri lavozimida ishlagan. Hyong Yong-chol 2015-yilda oʻz lavozimidan chetlashtirilganligi haqida xabar berildigan.

Shaxsiy hayoti va faoliyati



Shimoliy Koreya matbuoti Hyong Yong-chol 1949-yilning yanvarida tugʻilganligini va 1966-yilda harbiy xizmatga kelganligini maʼlum qildi. Hyong Yong-chol batalyon komandiri boʻlib xizmat qilgan. 2009-yilda Hyong Yong-chol Oliy xalq majlisiga delegat etib saylangan. Hyong Yong-chol Kim Jong-un, Kim Kyong-hui, Kim Kyong-ok, Choe Ryong-hae va Choe Pu-il kabi shaxslar bilan 2010-yil sentyabr oyida toʻrt yulduzli general unvoniga sazavor boʻlgan. Hyong Yong-chol 2011 yil dekabr oyida Kim Jong-il vafotidan keyin milliy dafn qoʻmitasida qatnashgan. Hyong Yong-chol uchunchi partiya konferensiyasida Koreya Mehnat partiyasi Markaziy Qoʻmitasi aʼzosi etib tayinladi. 2012-yil fevral oyida Hyong Yong-chol „Kim Jong-il ordeni“ bilan taqdirlandi.

2012-yil iyul oyida Bosh shtab boshligʻi Ri Yong ho oʻz lavozimidan ozod qilinganidan ikki kun oʻtgach Hyong Yong-chol KPAning vitse-marshall unvoniga sazovor boʻldi. Xuddi shu davrda Hyong Yong-chol Bosh shtab boshligʻi sifatida Ri Yong ho oʻrnini egalladi. Hyong Yong-chol, shuningdek, 2012-yil 26-iyulda WPK(Koreya Mehnat partiyasi) Markaziy harbiy komissiyasi raisining oʻrinbosari sifatida faoliyat olib borgan.

Xabarlarga ko‘ra, Hyong Yong-chol 2012-yilning noyabr oyida general etib tayinlangan. 2013-yil 31-martda Hyong Yong-chol Siyosiy byuroning muqobil aʼzosi etib tayinlandi, ammo u Ri Yong honing Siyosiy byuro prezidiumidagi sobiq oʻrnini egallamagan edi. Hyong Yong-chol 2013-yil may oyida 5-armiya korpusiga qoʻmondon etib tayinlangan. Hyong Yong-chol 2014-yil iyun oyida Xalq qurolli kuchlari vaziri lavozimida ishlash uchun Pxenyan shahriga chaqirilgan edi.

Qatl etilishi



Janubiy Koreya Milliy razvedka xizmati Hyong Yong-chol 2015-yil aprel oyi oxirida Pxenyan yaqinidagi Kanggon harbiy mashgʻulotlar zonasida qatl etilganligi haqida xabar bergan edi. Xabar qilinishicha, Hyong Yong-chol rasmiy harbiy mitinglarda, xususan, 2015-yil aprel oyining oxirida Kim Jong-un ishtirok etgan harbiy mitingda qatnashmagani va boshliq buyruqlariga boʻysunmagani uchun qatl etilgan. CNN xabarida aytilishicha, Hyong Yong-chol Kim Jong-unning buyrugʻini bajarmagani uchun xiyonatda ayblangan, ammo bu buyruqning mohiyati aniqlanmagan. Yuqori amaldorning taʼkidlashicha, qatl etilganlar orasida Hyong Yong-chol ham boʻlgan. BBC News intervyu bergan tahlilchilarning soʻzlariga ko‘ra, Shimoliy Koreyada mansabdor shaxslarni o‘zgartirish odatiy hol bo‘lsa-da, Kim Jong-unga Hyon kabi yaqin shaxsning qatl etilishi hayratlanarli bo‘lgan va bu mamlakat barqarorligi uchun xavotirga sabab bo‘lishi mumkin.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz