Hyomin
Park Sun-young (1989-yil 30-mayda tugʻilgan),
Hyomin sahna nomi bilan tanilgan, janubiy koreyalik qoʻshiqchi, qoʻshiqnavis va aktrisa. Janubiy Koreyaning „T-ara“ qizlar guruhining aʼzosi. Guruh faoliyatidan tashqari, Hyomin „My Girlfriend is a Nine-Tailed Fox“ (2010), „Gye Baek“ (2011), „The Thousandth Man“ (2012) kabi turli teledramalarda va „Gisaeng Ryung“ (2011), „Jinx!!!“ (2013) kabi turli filmlarda rol ijro etgan. Hyomin 2014-yil 30-iyunda oʻzining ilk mini-albomi „Make Up“ bilan yakkaxon ijrochi sifatida debyut qilgan.
Faoliyati
1989 — 2011
Hyomin 1989-yil 30-mayda Janubiy Koreyaning Pusan shahrida tug‘ilgan. 1997-yilda „MiMi Princess“ modellik tanlovida gʻolib chiqqan va „T-ara“ guruhi bilan debyut qilishdan oldin taniqli internet yuziga aylangan. Hyomin „JYP Entertainment“ ostida amaliyot oʻtovchi boʻlgan va 2007-yilda „ Wonder Girls“ aʼzosi boʻlgan Hyunaning oʻrnini egallagan. Hyomin 2009-yilda „T-ara“ aʼzosi sifatida debyut qilgan, 30-iyul kuni „M Countdown“ musiqiy dasturida oʻzining „Lie“ nomli singli bilan sahnada ilk bor chiqish qilgan.
Hyomin 2009-yil 23-oktyabrdan 2010-yil 24-dekabrgacha KBS’ telekanalida efirga uzatilgan „Invincible Youth“ estrada shousining doimiy ishtirokchisi sifatida qatnashib kelgan. 2009-yil noyabr oyida „I Really Really Like You“, dramasia rol ijro etgan.
Hyomin „My Girlfriend is a Nine-Tailed Fox“ (2010) dramasida 2010-yilning 11-avgustidan 30-sentyabriga qadar Pan Sun-nyo rolini ijro etgan. U oʻzining katta ekrandagi debyutini 2011-yil 4-avgustda chiqqan „Gisaeng Ryung“ dahshatli filmida qilgan.
Xayriya
Hyomin 2017-yil yanvar oyida „Save The Children Korea“ tashkiloti tomonidan oʻtkazilgan „Give Love“ („Sevgi ber“) aksiyasida ishtirok etgan. Aktrisa bir nechta mahsulotlarni xayriya qilgan.
Hyomin 2019-yilda Gangvondodagi yong‘in falokati qurbonlari uchun turli buyumlarni buyumlarini xayriya qilgan.
Hyomin 2020-yil fevral oyida COVID-19 tarqalishi paytida Daegu shahri fuqarolariga 3000 ta niqob xayriya qilgan.
Diskografiyasi
Mini-albomlari
Singl
Manbalar
uz.wikipedia.org