Huvishka




Huvishka (baqtriya tilida: Oēēški, Ooēški, Brahmi: ; Kharoshthi: 𐨱𐨂𐨬𐨅𐨮𐨿𐨐 Hu-ve-Ṹki) Kanishka I vafotidan keyin Kushon imperiyasining imperatori edi. Tarixiy manbalarga koʻra hukmronlik yilining boshlanishi 150-yilga toʻgʻri keladi. Taxminan oʻttiz yil hukmronlig qilgan. Huvishkadan keyin taxtga Vasudeva I keladi.

Uning hukmronligi imperiya uchun mustahkamlanish davri edi. Huvishka davlati Baqtriyadagi Balxdan Hindistonning Mathuragacha boʻlgan hududini oʻz ichiga olgan. U oʻz tangalarini zarb qildirgan. Pataliputra va Bodx Gayagacha uning suratidagi oltin tangalar va tumorlar topilgan. Shu jumladan, Bodx Gaya shahridagi Buddaning Maʼrifat taxti ostidan bitta tumor topilgan. Bu hududdagi Kushon tangalarining boshqa topilmalari hududda Kushonlar hukmronlik qilganligini koʻrsatadi. Huvishka hukmronligi tinch oʻtgan. Shimoliy Hindistonda Kushon hokimiyati mustahkamlanib, Kushon imperiyasining markazi janubiy poytaxt Mathuraga koʻchirilgan.

Din




Huvishka Kanishka Ining oʻgʻli edi. Uning hukmronligi Kushon hukmronligining oltin davri deb ham ataladi.

Mahayana buddizmi



Huvishka hukmronligi haqida manbalar Govindo-Nagarda va hozirda Mathura muzeyida saqlanayotgan II asr haykalining pastki qismida joylashgan Budda Amitabhaning birinchi epigrafik dalillariga toʻgʻri keladi. Haykal „huvishka hukmronligining 28-yiliga“ tegishli boʻlib, savdogarlar oilasi tomonidan „Amitabha Budda“ga bagʻishlangan.

Huvishka Mahayana buddizmining izdoshi boʻlganligi haqida baʼzi dalillar ham mavjud. Schøyen toʻplamidagi sanskrit qoʻlyozmasi boʻlagida Huvishka „Mahayanada harakat qilgan“ kishi sifatida tasvirlangan.

Gandharadagi baʼzi relyeflarda Huvishka Buddaga xayr-ehson qilgani tasvirlangan.

Huvishka buddizmni qoʻllab-quvvatlaganligi keng tarqalgan, ammo Budda uning tangalarida koʻrinmaydi.

Yunon-Rim xudolari




Huvishka oʻz tangalarida ellinistik-misr Serapisini kiritgan birinchi va yagona Kushon hukmdori („Sarapo“ nomi ostida). Serapis Misrdagi Iskandariya panteonining oliy xudosi boʻlganligi sababli, bu tanga Huvishkaning Rim Misriga nisbatan kuchli eʼtiqodi boʻlganligini koʻrsatadi.

Tangalar



Huvishka tangalari turli xil naqshlar va zarb qilingan oltin tangalarning koʻpligi bilan ajralib turadi. Huvishkaning oltin tangalari boshqa barcha Kushon hukmdorlariga qaraganda koʻproq maʼlum. Uning zarbxonalari asosan Balx va Peshovarda, kichikroq zarbxonalar Kashmir va Mathurada joylashgan edi.

Manbalar




Adabiyotlar




Tashqi havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz