Husniddin Gafurov




Husniddin Gʻofurov (1994-yil 29-iyulda tugʻilgan) — Oʻzbek futbolchisi, Toshkentning „Paxtakor“ klubiga tegishli futbolchi. Hozirda ijara asosida „Metallurg Bekobod“ jamoasida toʻp surmoqda.

Futbolchilik faoliyati



Fargʻonada tugʻilgan Husniddin 2012/13-yillarda Serbiyaga koʻchib oʻtgunga qadar Oʻzbekistonning „NBU Osiyo“ jamoasida oʻynagan. 2013-yilda u Oʻzbekiston Birinchi ligasida jami 14 ta gol muallifiga aylangan boʻlib, shulardan 13 tasini chempionatning birinchi bosqichida urgan va „NBU Osiyo“ning eng yaxshi toʻpurari boʻlgan. 2013-yilning yozida u FK Javor Ivanjica bilan 3 yillik shartnoma imzolagan. 2013-yilning 31-avgustida u 2013/14-yilgi Serbiya Superligasida „Spartak Zlatibor Voda“ga qarshi toʻrtinchi tur oʻyinida debyut qilgan.

2018-yilning 15-yanvar kuni Gʻofurov Toshkentning „Lokomotiv“ klubi bilan ikki yillik shartnoma imzolagan. U „Lokomotiv“ bilan 2018-yilgi Oʻzbekiston Superligasi va 2019-yilgi Oʻzbekiston Superkubogini qoʻlga kiritgan. Keyinchalik u, 2019-yil 21-iyul kuni Lokoning raqibi Toshkentning „Paxtakor“ klubi bilan shartnoma imzolagan.

Milliy terma jamoa



Gʻofurov 2013-yilning may oyida Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi oʻquv lagerida ishtirok etgan.

2014-yilning 19-may kuni Gʻofurov Ummonga qarshi oʻrtoqlik uchrashuviga chaqirilgan.

U 2014-yilning 27-may kuni Ummonga qarshi oʻyinda asosiy tarkibda maydonga tushib, milliy terma jamoadagi rasmiy debyutini oʻtkazgan.

2016-yilda u yoshlar darajasida iqtidorini namoyish etgan. Yanvar oyida 2016-yilgi 23 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida Oʻzbekiston U-23 terma jamoasi aʼzosi boʻlgan, oktyabr oyida esa 2016-yilgi U-19 Osiyo chempionatida Oʻzbekiston U-19 terma jamoasi tarkibida maydonga tushgan.

Xalqaro maydondagi gollari




Yutuqlar



Lokomotiv Toshkent

Paxtakor Toshkent

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz