Husniddin Aliqulov




Husniddin Aliqulov (1999-yil 4-aprelda Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida tugʻilgan) — oʻzbek futbolchisi, „Çaykur Rizespor“ klubi va Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasi himoyachisi.

Faoliyati



Ilk yillari



Husniddin Aliqulov — „Mashʼal“ futbol akademiyasi bitiruvchisi hisoblanadi. Akademiyada 2012-yildan 2018-yilgacha tahsil olgandan soʻng, 2018-yildan Husniddin Aliqulov "Mash`al" klubi oʻrinbosarlar tarkibida harakat qilgan.

Nasaf safida



2019-yilda Husniddin Aliqulovning muvaffaqiyatli oʻyinlaridan soʻng, Nasaf jamoasi bosh murabbiyi Roʻziqul Berdiyev uni oʻzining jamoasiga jalb etdi. Husniddin Aliqulov Nasaf safida Oʻzbekiston superligasida birinchi mavsumida 8 ta oʻyin oʻtkazadi va umumiy hisobda 478 daqiqa maydonda harakat qildi.

2019—2020-yilgi mavsum
2019—2020-yilgi mavsumda Husniddin Aliqulov „Nasaf“ safida Oʻzbekiston superligasida 8 ta oʻyinda maydonga tushgan va umumiy hisobda 478 daqiqa maydonda harakat qildi.

2020—2021-yilgi mavsum
2020—2021-yilgi mavsumda Husniddin Aliqulov „Nasaf“ safida Oʻzbekiston superligasida 23 ta oʻyinda maydonga tushgan va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Umumiy hisobda 1.844 daqiqa maydonda harakat qildi.

2021—2022-yilgi mavsum
2021—2022-yilgi mavsumda Husniddin Aliqulov „Nasaf“ safida Oʻzbekiston superligasida 20 ta oʻyinda maydonga tushgan va 3 ta gol va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Umumiy hisobda 1.579 daqiqa maydonda harakat qildi.

2022-yilgi mavsumda
2022-yilgi mavsumda Husniddin Aliqulov „Nasaf“ safida Oʻzbekiston Superligasida 15 ta oʻyinda maydonga tushgan hamda 1 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Umumiy hisobda 1.279 daqiqa maydonda harakat qildi. 2022-yil Husniddin Aliqulov Osiyo Chempionlar ligasida Nasaf safida 6 ta oʻyinda maydonga tushdi va umumiy hisobda 540 daqiqa maydonda harakat qildi. Guruh bosqichi yakunlanganidan soʻng, Husniddin Aliqulov Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqichining eng yaxshi 8 nafar himoyachisi qatoridan oʻrin oldi.

Çaykur Rizespor



2023-yil 5-avgust Turkiyaning Superligasining „Çaykur Rizespor“ jamoasi bilan 3+1 shartnoma imzoladi. Turkiya jamoasi Aliqulovni Qarshining „Nasaf“ jamoasidan 400 ming yevroga sotib oldi va Husniddin Qarshi jamoasi bilan Instagram orqali xayrlashuv maktubini yoʻlladi.

Faoliyatidagi statistikasi



Klub safidagi statistikasi




Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasi safida statistikasi




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz