Husayn Boyqaro mahallasi




Husayn Boyqaro mahallasi — Bektemir tumanida joylashgan mahallalardan biri. Husayn Boyqaro mahallasi Abay, Bektemir maxallalari bilan chegaradosh hisoblanib mahalla 1992-yilda tashkil topgan. 2005-yilgacha Husayn Boyqaro mahallasi „Maʼrifat“ mahallasi deb nomlangan boʻlib keyinchalik hozirgi nomini olgan. 2009-yil maʼlumotlariga koʻra Husayn Boyqaro mahallasida 3284 kishi istiqomat qiladi. Mahallada asosan oʻzbek millatiga mansub insonlar yashashadi. Mahallada 3 ta koʻcha, maktab, 3 ta bolalar bogʻchasi, kutubxona, „Nihol“ sport majmuasi, bolalar ijodiyot markazi aholiga xizmat koʻrsatib kelmoqda.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz