Husayn Boyqaro koʻchasi




Toshkent shahridagi markaziy koʻchalardan biri hisoblanadigan Husayn Boyqaro koʻchasi Bektemir tumanida joylashgan. Bu koʻcha Oxangaron va Bektemir kuchalari oraligʻida joylashgan.

Tarixi



Husayn Boyqaro koʻchasining uzunligi 5 km. 20-asrning 1-yarmida Toshkent viloyatining Oʻrta Chirchiq tumaniga qarashli Bektemir Qoʻrgʻonining kengayishi va sanoat korxonalari qurilishi tufayi tashkil etilgan. Dastlab koʻcha Lixachyov nomi bilan yuritilgan. 1992-yil 6 apreldan Husayn Boyqaro (1438-1506) nomi bilan qayta nomlangan va bugungi kungacha shu nom bilan atalib kelinmoqda.

Inshootlar



Koʻcha boʻylab tuman xokimligi va unga tegishli muassasalar, „Toshkentspirt“(hozirgi Bektemir-Spirt), „Irgidromash“, „Shoshenergiya“ korxonalari hamda „Sergelibeton“ korxonasi filiali, „Suvchi“ bozori, „Quyoshcha“ bolalar maydonchasi, 158-dorixona, „Zafar“ stomatologiya poliklinikasi, koʻp qavatli maʼmuriy va turar joy binolari va boshqa diqqatga sazovor maskanlari joylashgan.

Tutashgan ko'chalar



Husayn Boyqaro koʻchasi tarkibida 3 ta tor kucha mavjud. Koʻchaning yoʻnalishini Bektemir kanali kesib oʻtgan. Husayn Boyqaro koʻchasi Roxat va Yuqori Chirchiq koʻchalari bilan tutashgan.

Manba




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz