Husayin Norchaev




Husayin Norchayev (Inglizcha: Khusayin Norchaev; 2002-yil 6-fevralda tugʻilgan) — oʻzbek professional futbolchisi, „FC Alania Vladikavkaz“ hujumchisi.

Futbolchilik faoliyati



2020-yil 14-iyun kuni Oʻzbekiston Superligasidagi debyutini „Navbahor“ga (2:2) qarshi oʻtkazib, 84-daqiqada Oybek Bozorov oʻrniga maydonga tushdi. 2020-yil 17-avgust kuni u oʻz maydonida „Soʻgʻdiyona Jizzax“ga qarshi oʻyinda (3:0) ilk golini kiritdi. 2023-yilgi mavsumda Rossiyaning "FC Alania Vladikavkaz" jamosining katta qiziqishiga sabab bo'ldi va qishgi transfer oynasi vaqtida rus klubig 500 000 $ transfer qilindi va 3,5 yillik shartnoma imzoladi. Bu vaqtga qadar u “Nasaf” safida barcha turnirlarda 100 ta o‘yin o‘tkazgan ( globalsportsarchive.com sayti ma’lumotlariga ko‘ra – 98 ta o‘yin), 40 ta gol urgan.

Xalqaro



2021-yildan buyon Oʻzbekiston milliy terma jamoasida oʻynab kelmoqda. U Oʻzbekiston birinchi terma jamoasi safida debyutini 2021-yil 9-oktyabr kuni Malayziya bilan oʻrtoqlik uchrashuvida (5:1) amalga oshirdi.

2022-yilda 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilardan iborat O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida yoshlar terma jamoalari o‘rtasidagi Osiyo chempionatida ishtirok etgan va jamoa bilan finalga chiqqan. 6 uchrashuvda 2 ta gol urdi.

2023-yil 19-mart oʻtkazilgan oʻyindagi aniq statistika.

Yutuqlari



Nasaf

Individual

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz