Yozuvchi Oqiljon Husanov 1932 yilning aprelida Jizzax tumanining Ravotlik qishlog‘ida, dehqon oilasida tug‘ilgan. O‘rta maktabni bitirgach (1940- 1949), Samarqand Davlat universitetida ta’lim oladi (1949-1954). So‘ngra Samarqand viloyati gazetasida ishlab, musahhihlikdan mas’ul kotib lavozimigacha ko‘tariladi.
1960 yilda Toshkentga kelib, «Mushtum» jurnalida adabiy xodim, bo‘lim mudiri, mas’ul kotib sifatida faoliyat ko‘rsatadi. 1967 yilda «Sharq yulduzi» jurnaliga o‘tadi va u yerda to 1979 yilgacha avval bo‘lim mudiri, so‘ng mas’ul kotib bo‘lib xizmat qiladi.
1980 yildan 1992 yilgacha «Guliston» jurnalida turli lavozimlarda ishlab, bosh muharrir o‘rinbosari darajasigacha ko‘tariladi.
Yozuvchi asarlari sirasida «Ko‘shiqchining taqdiri» (1963), «Samarqand bulbuli», «Mehri daryolar» (1971), «Bo‘lmaganga bo‘lishma» (1973), «Qashqar go‘zali» (1976), «Tog‘da o‘sgan bola» (1975), «Bulbulning go‘shti» (1977), «Tog‘da o‘sgan bola yoxud jiyanning yangi sarguzashtlari» (1980), «Sirli odam» (1980), «Taqilmagan uzuk» (1983), «Baxt qayerda» (1987), «Qishloqqa sayohat» (1988), «Ucholsa ham ucholmagan turna» (1990), «Ustaning muhabbati» (1991) kabi kitoblari hamda «Go‘ro‘g‘li qissasi» kabi asarlari mavjud. Yozuvchi mazkur asarlarida pokiza va beg‘ubor yoshlik xotiralaridan, yoshlarning yechilgan yoxud yechilmay qolgan orzu-armonlaridan, muhabbat sarguzashtlaridan hikoya qiladi.
Oqiljon Husanov 2001 yilda vafot etgan.
Manba: arboblar.uz
Sun'iy intellekt javobi:
Husanov Oqiljon haqida aniq va kengroq ma'lumot berish uchun uning qaysi sohada faoliyat yuritishi yoki qaysi tarixiy yoki hozirgi shaxs ekanligi haqida qo‘shimcha ma’lumot kerak bo‘ladi.
Agar Oqiljon Husanov haqida ma’lum bir kontekst mavjud bo‘lsa — masalan, u olim, yozuvchi, sportchi, siyosatchi yoki boshqa soha vakili bo‘lsa — iltimos, shu haqida ma’lumot bering. Shunda men siz uchun aniq va batafsil ma’lumot tayyorlab bera olaman.
Hozircha umumiy qilib aytadigan bo‘lsak, Oqiljon ismi o‘zbekistonliklar orasida mashhur bo‘lishi mumkin, lekin "Husanov Oqiljon" nomi keng jamoatchilik orasida keng tanilgan shaxs sifatida ma’lum emas. Shuning uchun iltimos, u haqda qo‘shimcha kontekst taqdim etsangiz, batafsil ma’lumot berishga harakat qilaman.
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish