Husan Yoʻldoshev




Husan Yoʻldoshev (1916-yil 21-fevral, Boʻyrabozor qishlogʻi, Asaka tumani, Margʻilon uyezdi, Turkiston general-gubernatorligi, Rossiya imperiyasi — ?) — sovet davlat va jamoat arbobi, qishloq xoʻjaligi tashkilotchisi, Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1965).

Tarjimayi holi



Husan Yoʻldoshev 1916-yil 21-fevral Margʻilon uyezdi, Asaka tumani, Boʻyrabozor qishlogʻida tavallud topgan. Millati oʻzbek. 1943-yildan KPSS aʼzosi. 1930—1932-yillari Andijon viloyati, Lenin tumani Chapayev nomidagi kolxoz kotibi, 1934—1935-yillari Andijon tumani pillachilik boshqarmasi agrotexnigi boʻlib ishlagan. 1932—1933-yillarda Andijon viloyati qishloq xoʻjaligi texnikumida, 1934-yil yanvaridan [[1934-yil] dekabrgacha Andijon shahridagi sovet partiya maktabida oʻqigan. 1936-1937-yillarda Lenin tumani ijroiya qoʻmitasida instruktor lavozimida faoliyat koʻrsatgan. 1937-yilda harbiy xizmatga safarbar etilib, 1940-yilda harbiy xizmatni oʻtab qaytadi. Qisqa vaqt ichida, yaʼni 1941-yil yanvar-iyul oylarida Lenin tumani pillachilik boʻlim mudiri sifatida ishlaydi. 1941-yil iyul-noyabr oylarida gʻarbiy frontda 154-oʻqchi polk katta serjanti vazifasida harbiy xizmatni oʻtagan. 1941—1943-yillari Lenin tumani komsomol kotibi, 1943—1946-yillarda Andijon viloyati pillachilik boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari, 1946—1949-yillari boshqarma boshligʻi boʻlib ishlagan. Oʻzbekiston Kompartiyasi Oltinkoʻl (1949—1954), Chinobod (1954—1957), Voroshilov (1957—1961) Ilich (1961—1963) tumanlari partiya qoʻmitalarining birinchi kotibi, Qoʻrgʻontepa kolxoz-sovxoz ishlab chiqarish boshqarmasi boshligʻi, 1964-yildan esa Namangan viloyati, Zadaryo tumani ijroiya qoʻmitasining raisi boʻlib ishlagan. 4—5-chaqiriq Oʻzbekiston SSR Oliy Soveti deputati (1955—1962). Keyingi taqdiri nomaʼlum.

Mukofotlari



Yoʻldoshev Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1965, ayrim manbalarda 1957-yil), Lenin ordeni, Mehnat Qizil Bayroq ordeni, „Hurmat Belgisi“ ordeni, „Jasurlik uchun“ medali (1947) bilan taqdirlangan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz