Hurriyat
«HURRIYAT» — ijtimoiy-siyosiy va huquqiy yoʻnalishdagi mustaqil gazeta. 1997-yil yanvardan Toshkent shahrida haftada 1-marta chop etiladi. Muassisi: Oʻzbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi. Gazeaning
«Jurnalist tekshiruvi» ,
«Tekshiruv» ,
«Himoya» ,
«Huquq» ,
«Fikr» ,
«Mu-lohaza» ,
«Munosabat» ,
«Javob» ,
«Tafakkur» ,
«Maʼrifat» kabi ruknlarida eng sara va oʻqishli maqolalar berib boriladi. Ijtimoiy-siyosiy mavzularda V. Alimasov, Z. Isomiddinov, X. Doʻstmuhammad, Oʻ. Hayitov; huquqiy mavzuda H. Olimjonov, A. Jonuzoqov; maʼnaviy-maʼrifiy mavzuda O. Joʻraboyev, N. Hasanov, I. Ubaydullayevalar qiziqarli maqolalar bilan muntazam qatnashib kelmoqda.
uz.wikipedia.org