Hurghada xalqaro aeroporti




Hurgada xalqaro aeroporti (IATA: HRG , ICAO: HEGN ) Misrning Hurgada shahriga xizmat koʻrsatuvchi xalqaro aeroportidir. U quruqlikda, Hurgada shahri markazi El-Dahardan 5 km (3.1 mi) janubi-gʻarbda joylashgan. Qohira xalqaro aeroportidan keyin Misrdagi ikkinchi eng gavjum aeroport va asosan Yevropadan dam olish reyslari uchun muhim manzildir.

Terminallari




Ayni paytda aeroportda ikkita yoʻlovchi terminali mavjud: 1-terminal va 2-terminal. Yangi terminal majmuasi qurilishi 335 million dollarga tushdi va asosan Arab iqtisodiy taraqqiyot jamgʻarmasi tomonidan moliyalashtirildi. Misr aviatsiya vaziri Husam Kamolning aytishicha, aeroport har yili 13 milliongacha tashrif buyuruvchini qabul qila oladi. Loyiha 2014-yil 17-dekabrda Prezident Abdulfattoh as-Sisiy tomonidan ishga tushirildi. Yangi terminal uch qavatli umumiy maydoni 92 ming kvadrat metrni tashkil etadi. Uchib ketish zalida 72 ta roʻyxatga olish stoli va 20 ta joʻnash darvozasi mavjud.

Aviakompaniyalar va yoʻnalishlar



Hurgada aeroportida quyidagi aviakompaniyalar tomonidan muntazam va charter reyslari amalga oshiriladi:

Yer usti transporti



Aeroportda avtomobil ijarasi yoʻlga qoʻyilgan. Aeroportdan oddiy taksilar, sayyohlik taksilari va mikroavtobuslar ham qataydi.

Yana qarang




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz