Humoyun Toʻxtamurodov
TexHumoyun Toʻxtamurodov Abdulloh oʻgʻli (1999-yil 1-yanvarda tugʻilgan, Qoʻqon, Oʻzbekiston) — aralash yakkakurash boʻyicha engil vazn toifasidagi oʻzbek jangchisi. Bolaligidan u boks va qoʻl jangi bilan shugʻullangan.
Qo‘l jangi boʻyicha ko‘p karra O‘zbekiston chempioni (3) va qo‘l jangi bo‘yicha xalqaro musobaqalar g‘olibi.
Biografiya
Humoyun Toʻxtamurodov 1999-yil 1-yanvarda Oʻzbekiston Respublikasining Fargʻona viloyatining Qoʻqon shahrida tavallud topgan.
Qoʻqon shahridagi 22-maktabda taʼlim olgan. Ayni paytda Qo‘qon shahrida Pedagogika institutida sport yoʻnalishining bitiruvchisi sanaladi.
Sport faoliyati
Humoyun yoshlik davrlaridanoq boks bilan shugʻullanadi va 2015-yilda aralash yakkakurashlar mashhurligi choʻqqisiga sekin asta chiqib bordi.
Humoyun jang yoʻnalishlaridan MMA yoʻlini tanladi.
Yutuqlari
Oʻzbekiston Turon kubogida 1-oʻrin 2015-yil
Qoʻqonda oʻtkazilgan Grappling boʻyicha Oʻzbekiston chempionati 2-oʻrin 2016-yil
Toshkentda oʻtkazilgan R-1 xalqaro turniri 1-o‘rin 2015-yil
Oʻzbekiston hokimi kubogi R-1 1-oʻrin 2017-yil
Toshkentda oʻtkazilgan K1 boʻyicha Oʻzbekiston chempionati 1-oʻrin 2019
MMA boʻyicha sport ustasi.
Qoʻl jangi boʻyicha sport ustasi
MMA boʻyicha statistika
Manbalar
uz.wikipedia.org