Humoyun Murtozoyev




Xumoyun Murtozoyev (1992-yil 9-noyabrda tugʻilgan) — oʻzbekistonlik futbolchi, „Turon“ hujumchisi.

Futbolchilik faoliyati



Muborakning „Mashʼal“ klubi akademiyasi tarbiyalnuvchisi hisoblanadi. Katta futboldagi debyutini 2012-yilda Gʻuzorning „Shoʻrtan“ klubida boshlagan. 2014-yil Muborakliklar safiga qaytdi va 2019-yilgacha „Mashʼal“ klubi sharafini himoya qildi. 2019-yilda Qashqadaryoning bosh jamoasi „Nasaf“ klubi jamoasi tarkibiga oʻtdi. 2020-yil mavsum boshida Toshkentning „Bunyodkor“ klubi taklifini qabul qilib, qaldirgʻochlar safiga oʻtdi, ammo „Bunyodkor“ safida oʻz oʻyinlariga kirishib ketolmadi va yozgi transfer oynasida „Mashʼal“ jamoasi safiga oʻtdi. 2021-yil yozgi transfer oynasida Yaypanning „Turon“ Jamoasi safiga oʻtdi va hozirda yaypanliklar sharfini himoya qilmoqda.

Xalqaro



U 2020-yil 23-fevral kuni Iordaniyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida O‘zbekistonning asosiy jamoasi safida debyut qilgan.

2020-yil 23-fevralda o‘tkazilgan o‘yindagi aniq statistika.

Yutuqlari




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz