Humo (xokkey klubi)




Humo — Toshkent shahridagi O‘zbekiston xokkey klubi. U 2018-yilning oxirida tashkil etilgan. O‘zbekistonda baxt, tinchlik va mehr qushi hisoblangan afsonaviy Humo qushi nomi bilan atalgan.

Mazkur klub o‘yinlarini Toshkentdagi 12500 tomoshabinga mo‘ljallangan „Humo Arena“ muz arenasida o‘tkazadi.

2019-yilgi mavsumda xokkey bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining ikkinchi qur’asida ishtirok etdi. Muntazam mavsum yakunlariga ko‘ra, u to‘rtta jamoa orasida birinchi o‘rinni egallab, pley-off bosqichiga chiqdi va keyinchalik mavsum g‘olibiga aylangan "Semurg‘" klubiga imkoniyatni boy berdi.

2019-yil iyun oyi boshida „Humo“ xokkey klubining 2019/2020-yilgi mavsumdan OXLdagi ishtiroki eʼlon qilindi. Shu bilan birga, rossiyalik Evgeniy Popixin va latviyalik Normunds Seyyes mos ravishda bosh murabbiy va bosh menejer etib tayinlangani malum qilindi .

KROCh (Qozogʻiston Respublikasi ochiq chempionati)da „Humo-2“ farm-klubi faoliyat ko‘rsatadi .

2019-yil 30-iyul kuni Humo xokkeychilar uchun uy va mehmon liboslarini taqdim etdi . Klubning brendingi Rossiyaning OTVETDESIGN  kompaniyasi tomonidan yaratilgan .

Tarixi



Klub uchun birinchi xalqaro turnir 2019-yilda o‘tkazilgan Nijniy Novgorod viloyati gubernatori kubogi bo‘ldi. „Humo“ uchinchi o‘rin uchun kechgan bahsda Minskning „Dinamo“ jamoasini mag‘lub etib, turnirning bronza medali sohibiga aylandi .

„Humo“ jamoasining OXLdagi birinchi rasmiy o‘yini 2019-yil 11-sentabr kuni „Humo Arena“da bo‘lib o‘tgan „Ryazan“ xokkey klubiga qarshi o‘yin bo‘ldi. O‘yin 5:0 hisobida „Humo“ foydasiga hal bo‘ldi.

Klub 2020/2021 yilgi mavsumni koronavirus tufayli o‘tkazib yubordi. 2021-yilning may oyida klub pandemiya sababli Oliy xokkey ligasida 2021/22 yilgi mavsumni ham qoldirib yuborishi maʼlum bo‘ldi .

Manbalar




Havolalar va manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz