Hujjatli film




Hujjatli film - kino sanʼati turi. Unda haqiqiy voqealar kinosurati material boʻlib xizmat qiladi. 1-hujjatli kinosuratlarni aka-uka Lyumyerlar 1895-yil (Fransiyada) olishgan. Oʻzbekistonda 1-Hujjatli filmni Xudoybergan Devonov suratga olgan. Ovozsiz kino davriga mansub Hujjatli filmlarda asosan tasvir hal etuvchi rol oʻynagan, voqealar mazmuni titr (yozuv)larda izohlangan, gʻoyaviy yoʻnalishda voqea ob-razi hukmronlik qilgan. Ovozli kinoga oʻtilgach, film voqealari diktorlar tomonidan sharhlangan (yana qarang Oʻzbekisto Respublikasi ilmiy-ommabop va hujjatli filmlar kinostudiyasi).



uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz