Hui Jiakang
Hui Jiakang (1989-yil 31-avgustda Shenyan shahrida tugʻilgan) — xitoylik professional futbolchi, hozirda Xitoy Superligasining „Chanchun Yatai“ klubida oʻynaydi.
Klubdagi faoliyati
Hui Jiakang futbolchilik faoliyatini 2008-yilda Shenzhen yoshlar jamoasini tamomlagandan soʻng boshlagan. U 2008-yilgi Xitoy Superligasi mavsumida 5-iyul kuni debyut qilgan. U debyut uchrashuvida „Shandong Luneng“ga qarshi maydonga tushib 2:1 hisobida magʻlubiyatga uchragan. Mavsum oxirida Hui Jiakang ligada oʻn uchta oʻyin oʻtkazgan va uning klubi unga yangi uzoq muddatli shartnoma taklif qilgan, biroq mavsum boshida yangi shartnomasida maosh borasida kelishmovchilik yuzaga kelganidan keyin u jamoadan chetlatilgan.
Butun mavsum davomida futbol oʻynamay, Vengriyaning „Ferencvarosi TC“ jamoasi bilan mashgʻulotlarga joʻnab ketgan, to 2010-yil liga mavsumi boshida Xitoyning ikkinchi divizion jamoasi „Chengdu Blades“ uni oʻziga transfer qilgan va u yerda 2010-yil 4-aprelda „Nankin Yoyo“ga qarshi oʻyinda debyut qilgan. Oʻyinda ular 3:0 hisobidagi gʻalaba qozonishgan. Mavsum davomida u oʻn toʻrtta liga oʻyinida oʻynagan, klub divizionda ikkinchi oʻrinni egallagan va yuqori divizionga koʻtarilgan. Keyingi mavsumda Hui jamoada muntazam maydonga tushishiga qaramay, 2011-yilgi Xitoy Superligasi mavsumi oxirida jamoaning quyi divizionga tushib ketishiga toʻsqinlik qila olmagan.
Xalqaro faoliyati
Hui Jiankang 2008-yilda yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida qatnashgan. U Xitoy U-20 terma jamoasi tarkibida 3ta oʻyinda maydonga tushib, 1ta gol urgan. Hui Jiakang Xitoy terma jamoasidagi debyutini 2008-yilda Eronga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida oʻtkazgan. Xitoyliklar 2:0 hisobida gʻalaba qozonishgan. U Xitoy terma jamoasi safida 9 yildan soʻng 2017-yilning 10-yanvarida Islandiyaga qarshi 2017-yilgi Xitoy kubogida ikkinchi marta maydonga tushgan.
Faoliyat statistikasi
Manbalar
uz.wikipedia.org