Huh Chan-mi
Huh Chan-mi (1992-yil 6-aprelda tugʻilgan), janubiy koreyalik qoʻshiqchi. Huh birinchi marta 2010-yilda Janubiy Koreyaning Coed School guruhi a'zosi sifatida debyut qilgan va guruh bo'linib ketganidan so'ng, keyinchalik 2011-yilda F-ve Dolls qizlar guruhi tarkibiga aylangan va 2012-yil fevral oyida guruhni tark etgan. Huh qisqa vaqt davomida mashg'ulotlarga qaytgan va Produce 101 (2016) va Mix Nine (2017) kabi bir nechta realiti-shoularda paydo bo'lgan. Ko`rsatuvlarda paydo bo'lganidan so'ng, Huh o'zining "Highlight" nomli yakkaxon debyut albomi chiqishidan oldin, 2020-yilda yakkaxon ijrochi sifatida FirstOne Entertainment bilan shartnoma imzolagan.
Faoliyati
Huh 2004-yilda SM Entertainmentda stajyor bo'lgan. U dastlab Girls' Generation guruhining o'ninchi a'zosi bo'lishi uchun tayyorlangan, ammo u juda yosh bo'lgani uchun va endigina yettinchi sinfda o'qiyotganligi sabab guruhning tarkibiga kira olmagan. U Anyang san'at maktabiga o'qishga kirgan va 2011-yilda uni tamomlagan.
SM Entertainmentni tark etgach, Huh Core Contents Media kompaniyasi bilan shartnoma tuzgan va 2010-yilda Coed School guruhining asosiy vokalisti sifatida o'zining rasmiy debyutini qilgan. Guruh "Too Late" singli bilan sahnada ilk namoyishini qilgan. 2011-yil o'rtalariga kelib, Coed School ikkita kichik bo'limga bo'lingan: Speed va F-ve Dolls. Huh F-ve dollsning a`zosi edi. Guruh "Lip Stains" va "Your Words" singllari uchun ikkita reklama roliklarini chiqargan, ularda Huh guruhdoshi Lee Soomi va qo'shiqchi Jay Park bilan birga bosh qahramon obrazida bo'lgan. F-ve Dolls 2012-yilda Huh guruhdan va Core Contents Mediadan ketishidan oldin yana bitta "Like This Or That" deb nomlangan singlni chiqardi. Oʻshanda Huh Twitter ijtimoiy tarmog`ida boshqa agentlik izlayotgani haqida yozgan.
2020-yil yanvar oyida Huh FirstOne Entertainment bilan shartnoma imzolagan va oʻzining yangi romanlashtirilgan sahna nomi
Huh Chan Mi ostida shaxsiy YouTube kanalini ochgan. Uning birinchi videosi Janubiy Koreyada mashhur boʻlgan Camila Cabello va Shawn Mendesning "Señorita” qoʻshigʻining o`zi aytgan talqini edi. Iyun oyida Huh keyingi oy albom chiqarishga tayyorlanayotgani e'lon qilindi. Huh o'zi yaratgan "I'm fine thanks" qo'shig'ini chiqargan. Qo'shiq Huhning baxtsizligini yashirgan holda qanday qilib qiyinchiliklarni yengib, san`at sohasida o'sishi kerakligi haqida. Huh o'zining Highlight yakkaxon albomini 23-iyul kuni "Lights" singli bilan birga chiqargan.
Diskografiyasi
Albom
Singl
Kompilyatsiya ko'rinishlari
Manbalar
uz.wikipedia.org