Hugo Sánchez




Ugo Sanches Markes (ispancha: Hugo Sánchez Márquez; 11-iyul 1958, Mexiko) — meksikalik futbolchi, hujumchi. XFTSF tanloviga ko'ra, Markaziy va Shimoliy Amerikadagi XX-asrning eng yaxshi o'yinchilari orasida birinchi o'rinni egalladi. FIFA 100 ro'yxatiga kiradi. 1990-yilda "Oltin butsa" sohibi bo'lgan. Ispaniya chempionati tarixidagi eng natijaviy o'yinchilar orasida ikkinchi o'rinni egallagan. Hozirgi vaqtda u murabbiy.

uz.wikipedia.org



Uzpedia.uz