Hugo Guillamón




Hugo Guillamón Sanmartín (talaffuzi: Ugo Guillamon Sanmartin) — 2000-yil 31-yanvar sanasida Ispaniyada tugʻilgan. „Valencia“ klubi va Ispaniya terma jamoasining markaziy himoyachisi.

Jamoalardagi faoliyati



Hugo Guillamón „Valencia“ bitiruvchisi. 2017-yil oxirida u klub bilan 2020-yilgacha shartnoma imzoladi. Bu vaqt ichida u ikkinchi jamoada Segunda Bda oʻynadi. 2020-yilning 22-fevralida u La Ligadagi debyutini „Reala Sociedad“ga qarshi oʻtkazdi. 20-noyabr kuni „Deportivo Alavés“ga qarshi bahsda Hugo Guillamón „Valencia“ safidagi ilk golini urdi.

Xalqaro karyerasi



2017-yilda Hugo Guillamón Ispaniya yoshlar terma jamoasi bilan Xorvatiyada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida gʻolib chiqdi. Turnirda u Turkiya, Italiya, Xorvatiya, Fransiya, Germaniya va Angliya jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan.

Oʻsha yili Hugo Guillamón Hindistonda boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etdi. Turnirda u Braziliya, Janubiy Koreya, Niger, Fransiya, Eron, Mali va Angliya terma jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan.

2019-yilda Ispaniya yoshlar terma jamoasi bilan Hugo Guillamón Armanistonda oʻtkazilgan yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida gʻolib chiqdi. Turnirda u Armaniston, Italiya, Fransiya va ikki marta Portugaliya jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan.

2021-yilda Ispaniya yoshlar terma jamoasi tarkibida Hugo Guillamón 2021-yilda Vengriya va Sloveniyada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida ishtirok etdi. Turnirda u Sloveniya, Italiya va Chexiya va Xorvatiya terma jamoalariga qarshi oʻyinda maydonga tushdi.

2021-yil 8-iyun kuni Litva terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida Hugo Guillamón Ispaniya terma jamoasi safida debyut qildi.

Statistikasi




Yutuqlari



Xalqaro yutuqlari

Ispaniya (U17)

Ispaniya (U18)

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz