Hugo Duminil-Copin
Hugo Duminil-Copin (talaffuzi: Yugo Dyuminil-Kopen) (1985-yil 26-avgustda tugʻilgan) — fransiyalik matematik, professor. Ehtimollar nazariyasi boʻyicha mutaxassis. Oliy ilmiy tadqiqot instituti va Jeneva universiteti professori. 2022-yilda Fields medali bilan taqdirlandi.
Duminil-Copin 1985-yil Parijda tugʻilgan. Otasi oʻrta maktabda sport oʻqituvchisi boʻlib ishlagan. Onasi esa boshlangʻich maktab oʻqituvchisi, sobiq raqqosa boʻlgan. 2003—2005-yillarda Parijdagi Louis-le-Grand litseyida, 2006—2007-yillarda esa Ilgʻor tadqiqotlar instituti va Paris-Sud universitetida tahsil olgan. 2008-yilda Jeneva universitetiga Stanislav Smirnov rahbarligida nomzodlik dissertatsiyasini yozish uchun kelgan. 2008—2012-yillarda doktorlik dissertatsiyasi ustida ishlagan. Duminil-Copin 2012-yil 27yoshida Stanislav Smirnov rahbarligi ostida PhD darajasini olgan. 2013—2014-yillarda Jeneva universitetida dotsent, keyinchalik esa professor lavozimiga tayinlangan. 2016-yil Oliy ilmiy tadqiqot instituti professori, 2019-yildan beri Yevropa akademiyasi aʼzosi.
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org