Hugo




Hugo (oʻzbekcha tarjimasi: Hugo: Vaqt qoʻriqchisi ) — 2011-yilda Martin Scorsese tomonidan suratga olingan sarguzasht, drama film. Film Brain Selznickning 2007-yilda yozilgan „Hugo Cabretning ixtirosi“ (The Invention of Hugo Cabret) romaniga asoslangan. Hugo oʻn bitta nominatsiyada Oscar mukofotiga daʼvogarlik qilib beshta nominatsiyada gʻolib boʻldi.

Film 1930-yillarda Parijdagi Gare Montparnasse temir yoʻl stantsiyasida yolgʻiz yashaydigan yetim bola va keksa kinoaktyor va rejissor Georges Melis hayoti haqida hikoya qiladi.

Hugo Martin Scorsesening 3D formatdagi birinchi filmi hisoblanadi.Scorsese filmi haqida shunday degandi „Men 3Dni juda qiziq deb topdim, chunki aktyorlar hissiy jihatdan ancha joʻshqin edi. Ularning yengil harakatlaridan niyatlari aniqroq koʻrinadi“.

Film 2011-yil 23-noyabrda Amerika Qoʻshma Shtatlarida namoyish etildi va 11 ta Oscarga davogarlik qilib beshtasida gʻolib boʻldi. Shuningdek sakkizta BAFTA va uchta Oltin globus mukofotiga davogarlik qilib uchta BAFTA va bitta Oltin globus (Martin Scorsese/Eng yaxshi rejissor) mukofotini oldi.

Rollarda




Michael Pitt, Martin Scorsese va Brian Selznick cameo.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz