Hugh Jessiman
Hugh S. Jessiman (talaffuzi: Xyuj S. Jesiman) (1984-yil 28-martda tugʻilgan) — amerikalik sobiq professional xokkeychi.
Oʻyin faoliyati
Hugh Jessiman Connecticut shtatining Darien shahrida oʻsgan va Greenwichdagi Brunswick maktabida taxsil olgan. Yoshligida Hugh Jessiman 1998-yilda Quebecdagi Xalqaro Pee-Wee xokkey turnirida "New Jersey Devils' kichik xokkey jamoasi bilan oʻynagan. Hugh Jessiman 2003-yilda NHLga kirish loyihasida „New York Rangers“ xokkey klubi safiga 12-oʻrindagi tanlov asosida qabul qilindi.
2008-yil 30-oktyabrda Hugh Jessiman „Nashville Predators“ xokkey klubi safiga qoʻshildi.
2010-yil 4-avgustda Hugh Jessiman 2010—2011-yilgi mavsum uchun „Chicago Blackhawks“ xokkey klubi bilan bir yillik shartnoma imzoladi. 2010-yil 27-sentyabrda „Blackhawks“ klubining oʻquv-mashgʻulot yigʻinida qatnashganidan soʻng, Hugh Jessiman klubning Amerika Xokkey Ligasi (AHL) filiali „Rockford IceHogs“ xokkey jamoasiga tayinlandi.
Hugh Jessiman 2011-yil 9-fevralda Michael Frolik va Alexandr Salak evaziga „Florida Panthers“ xokkey klubiga (Jack Skille va David Pacan bilan birga) almashtirildi. 2011-yil 27-fevralda Hugh Jessiman uzoq kutilgan NHLdagi debyut oʻyinini „Florida Phanters“ xokkey klubi safida „New Jersey Devils“ xokkey klubiga qarshi uchrashuvda (2-1 hisobida gʻalaba) o‘tkazdi.
Keyingi mavsumda Hugh Jessiman klub bilan NHL shartnomasini tuza olmadi. Keyin Hugh Jessiman 2011—2012-yilgi mavsumni boshlash uchun AHL vakili „Lake Erie Monsters“ xokkey klubi bilan professional sinov shartnomasini imzoladi. Hugh Jessiman „Monsters“ xokkey klubi bilan 43 ta o‘yinda maydonga tushib, AHL karyerasidagi eng yuqori ko‘rsatkichiga — 20 ta golga erishdi.
2012-yil 3-iyulda Hugh Jessiman „Ottava Senators“ xokkey klubi bilan bir yillik ikki tomonlama shartnoma imzoladi. Biroq, 2012—2013-yilgi NHL lokavti tufayli Hugh Jessiman toʻgʻridan-toʻgʻri „Ottawa“ klubining AHL filialiga, „Binghamton Senators“ xokkey klubiga tayinlandi.
2013-yil 23-may kuni Hugh Jessiman Xorvatiyaning „KHL Medveščak Zagreb“ xokkey jamoasi bilan bir yillik shartnoma imzoladi. 2013—2014-yilgi mavsumda Hugh Jessiman hujumkor oʻyin koʻrsata olmadi.
Faoliyat statistikasi
Manbalar
uz.wikipedia.org