Hud surasi




Hud surasi (arabcha: سورة هود, nomining maʼnosi — Hud (nom)[8][9]) — Qurʼonning 11-surasi. Makkiy suralardan biri, 123 oyatdan iborat. Bu sura Qurʼonning 221–235-sahifasida va 11-12-juzida joylashgan. 52-boʻlib nozil boʻlgan.

Asosiy mazmuni



Bu surada ham yolgʻiz Allohga, u zot yuborgan paygʻambarlarga va ular keltirgan dinlarning haq ekaniga iymon keltirish, qiyomat kunida qayta tirilib, bu dunyoda qilib oʻtgan barcha yaxshi-yomon amallariga yarasha mukofot-jazo olishga ishonish islomiy aqidaning mohiyat-haqiqati ekani borasida soʻzlanadi. Bu surada Nuh, Hud, Solih, Lut, Shuʼayb, Muso va boshqa paygʻambarlarning qissalari ancha mufassal hikoya qilinadiki, bundan
murod birinchidan, barcha moʻminlarga ilgari oʻtgan paygʻambarlar va ularni yolgʻonchi
qilishlari sababli halokatga uchragan qavmlar haqida maʼlumot berish boʻlsa,
ikkinchidan, yaqinda ikki aziz kishisidan — amakisi — Abu Tolib hamda jufti haloli
Hadichadan ajralib qolgan va mudom Makka mushriklari tomonidan ozor-aziyatlarga
roʻbaroʻ boʻlayotgan Muhammad alayhissalomga oʻtmishdoshlarining hayotlari va
ularning Haqqa daʼvat qilish yoʻlida chekkan mashaqqatlarini bayon qilish bilan taskin-
tasalli berishdir.

Bu sura Qurʼoni Karimning aybu nuqsonlardan pok va nazmu magʻziga hech qachon,
hech kim tomonidan xalal yetmaydigan ilohiy Kitob ekanini taʼriflash bilan boshlanib,
Alloh taoloning bandalariga paygʻambarlar yuborishdan koʻzlagan hikmatini bayon etish
bilan tugallanadi. Bu sura Alloh taolo tomonidan Od Qavmiga yuborilgan Hud paygʻambar nomi bilan atalgandir.

Manbalar




HUD SURASI (Wayback Machine saytida 2012-06-30 sanasida arxivlangan)

uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz