Huang Bowen




Huang Bowen (1987-yil 13-iyulda tugʻilgan) — Xitoyning professional futbolchisi, hozirda Xitoy Superligasining „Guangzhou“ klubida oʻynaydi.

Klubdagi faoliyati



Huang Bowen futbolchilik faoliyatini 2004-yilgi mavsumda „Beijing Guoan“da boshlagan. Istiqbolli yosh iqtidor sifatida u klub uchun debyutini 2004-yil 26-may kuni Shenyang Gindega qarshi oʻyinda (4:1) oʻtkazgan va Huang oʻzining birinchi golini ham urdgan. Debyut mavsumining oxiriga kelib, u oltita liga oʻyinida maydonga tushgan. Garchi bu oʻyinlarning koʻpida zahiradan maydonga tushgan boʻlsa-da, u asta-sekin kattalar jamoasida oʻzini namoyon qila boshlagan. Keyingi mavsumlarda u asta-sekin oʻzini klubning doimiy futbolchisi sifatida koʻrsatgan. Faqat 2007-yilgi mavsumda Huang oʻzini Pekin jamoasining ajralmas aʼzosi sifatida koʻrsata boshlagan va ularga ligada ikkinchi oʻrinni egallashga yordam bergan.

2011-yilning 10-fevralida Huan K-Liga jamoasi Jeonbuk Hyundai Motorsga oʻtgan. U klubdagi debyutini 2011-yilning 6-martida Chunnam Dragonsga qarshi oʻyinda (1:0) oʻtkazgan. 2011-yilning 6-martida OFK Chempionlar ligasi oʻyinida „Arema FC“ ga qarshi oʻyinda (4:0) u klub uchun birinchi golini kiritgan.

2012-yilning 7-iyulida Huang Xitoy Superligasi vakili "Guangzhou Evergrand "ga oʻtgan. U Guangzhouning 2013-yilgi Osiyo Chempionlar Ligasida gʻalaba qozongan jamoaning asosoiy oʻyinchisi edi, klub qitʼa chempionligini qoʻlga kiritgan ikkinchi Xitoy jamoasiga aylangan. 2017-yil 13-avgust kuni Henan Jianyega qarshi liga oʻyinida Rikardo Vaz Tê tomonidan qoʻpollik ishlatilib Huang umurtqa suyagini jarohatlab olgan, bu esa uni mavsumning qolgan qismida maydonga tushishiga monelik qilgan.

Xalqaro faoliyati



Huang Xitoy terma jamoasidagi debyutini 2008-yilning 25-mayida Iordaniyaga qarshi oʻyinda (2:0) oʻtkazgan. Yoshi va tajribasizligiga qaramay, oʻsha paytdagi bosh murabbiy Vladimir Petrovich Huangga 2010-yilgi FIFA Jahon chempionati saralash bosqichidagi muhim bahsda Qatarga qarshi oʻyinda (1:0) bitta oʻyin oʻtkazishga ruxsat bergan va bu Xitoyni saralashdan chiqarib yuborgan. Qolgan saralash oʻyinlarida u boshqa ishtirok etmagan boʻlsa-da, 2011-yilgi Osiyo kubogi saralash bosqichida vaqtinchalik murabbiyi Yin Tiesheng qoʻl ostida terma jamoaga chaqirilgan.

Faoliyat statistikasi



Klub statistikasi




Xalqaro statistika




Xalqaro maydondagi gollar




Yutuqlar



Klub



Beijing Guoan

Jeonbuk Hyundai Motors

Guangzhou Evergrand

Xalqaro



Xitoy milliy terma jamoasi

Shaxsiy yutuqlar




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz