HTML
HTML (inglizcha: Hypertext Markup Language — hipermatnli belgilash tili) — SGML (inglizcha: Standard Generalized Markup Language — standart umumlashtirilgan belgilash tili) ga asoslangan va xalqaro ISO 8879 standartiga mos keluvchi til, xalqaro turda ishlatiladi.dheh
A
Tarixi
HTML tili taxminan 1991—1992-yillarda Yevropa Yadroviy Tadqiqotlar Markazida ishlovchi britaniyalik mutaxassis Tim Berners-Lee tomonidan ishlab chiqilgan. Dastlab bu til mutaxassislar uchun hujjat tayyorlash vositasi sifatida yaratilgan. HTML tilining soddaligi (SGMLga nisbatan) va yuqori formatlash imkoniyatlarining mavjudligi uni foydalanuvchilar orasida tez tarqalishiga sabab boʻldi. Bundan tashqari unda hipermatnlardan foydalanish mumkin edi. Tilning rivojlanishi bilan unga qo'shimcha multimedia (tasvir, tovush, animatsiya va boshqalar) imkoniyatlari qo'shildi.
Sintaksis
Imkoniyatlari
HTML quyidagi formatlash imkoniyatlariga ega:
Versiyalari
HTML 1.0 versiya rasmiy ravishda mavjud emas.
HTML dastlab nostandart turli versiyalari mavjud bo'lganligi tufayli birinchi rasmiy versiya 2.0 dan boshlangan.
1995-yil „Xalqaro O'rgimchak to'ri konsortsiumi“ tomonidan HTMLning 3 versiyasi taklif qilindi. Ushbu versiyada juda ko'p yangiliklar, jumladan jadvallar yasash, rasmlarni matn bilan atrofini o'rash, matematik formulalar yaratish kiritildi, biroq u davrdagi brauzerlarda bu imkoniyatlar realizatsiya qilinmadi. 3.1 versiya hech qachon taklif qilinmagan bo'lib, darxol 3.2 versiyaga o'tildi. Unda 3.1 versiyadagi ba'zi yangiliklar tushirib qoldirildi. Matematik formulalar boshqa MathML standartida alohida ko'rsatildi.
HMLning 4.0 versiyasida standartizatsiya kuchaytirildi, faqat maxsus brouserlarga oid teglar (masalan, <label>) tushirib qoldirildi, ba'zi teglar eskirgan sifatida tavsiya etildi (masalan, <font> tegi oʻrniga CSS imkoniyatlaridan foydalanish tavsiya etiladi).
Manbalar
<!DOCTYPE html>
<html lang="uz">
</html>
Havolalar
uz.wikipedia.org