HTC Universal




HTC Universal  – bu High Tech Computer Corporation tomonidan ishlab chiqarilgan Windows Mobile 5.0 Pocket PC PDA. Bu 3G/UMTS - tarmoqlarini qoʻllab-quvvatlaydigan birinchi Pocket PC PDA telefoni edi, shuningdek, Windows Mobile 5.0 pre-installed bilan birga chiqarilgan birinchi telefon ham boʻldi.

Ushbu telefon O2 xda Exec, Orange SPV M5000, Dopod 900, Qtek 9000, T-Mobile MDA Pro, I-mate JasJar, Vodafone v1640, Vodafone VPA IV, E-Plus PDA IV va shu kabi turli xil nomlar ostida sotuvga chiqarilgan. Turli-tuman model nomlari va dizayn koʻrinishiga qaramay, ularning barchasi tashqi korpus rangi va brendingdagi kichik farqlar bilan ajralib turardi.

Ushbu qurilmaning oʻziga tortadigan tomoni uning 180° gradus aylanadigan ekrani boʻlib, portret rejimi va landshaft rejimi oʻrtasida ekranni tezda aylantirish imkonini berardi. GUI(ingl. Grafik Foydalanuvchi Interfeysi) mos ravishda ekran orientatsiyasini avtomatik ravishda sozlaydi.

SIM karta qulfi



HTC Universalning koʻpchilik modellari SIM karta moduli qulflangan holda ishlab chiqarilgan, faqatgina O2 XDA Exec versiyasi bundan mustasno edi. Keyinchalik, SIM kartani bepul qulfdan chiqaradigan HowevXdaer nomli moslama chiqarildi. Bu amaliyot uchun qurilmaga yangi Radio ROM-ni oʻrnatish kerak edi va bu telefonga berilgan kafolatni bekor qiladi.

Texnik xususiyatlari




Kengaytirilgan sigʻimli batareyalar



HTC Universal uchun koʻplab yuqori sigʻimli „kengaytirilgan“ batareyalar mavjud. 2600mAh, 3150mAh, 3200mAh, 3800mAh, 4800mAh va hatto 5200mAh modellari turli chakana doʻkonlar tomonidan sotilgan, bu esa qurilmani bir marta toʻliq quvvatlantirganda bir haftadan koʻproq ishlatish imkonini beradi. Barcha bu turdagi batareyalarning bitta katta kamchiliklari bor, ularning barchasi batareyani ushlab turish uchun yangi plastik qolip bilan chiqarilgan, bu esa qurilmaning hajmi va ogʻirligini sezilarli darajada oshiradi.

Linux[tahrir | manbasini tahrirlash]
HTC Universal qurilmasiga Linuxning maxsus versiyasini oʻrnatish mumkin. HTC (va koʻpgina boshqa smartfon/PPC ishlab chiqaruvchilari) bilan hamkorlik yoʻqligiga qaramay, qurilmaning koʻpgina komponentlari uchun drayverlar ishlaydi(ikkita kamera va flesh-ROMlardan tashqari). HTC Universalda turli xil Linux distribyutorlarini ishga tushirish mumkin, ammo ilovalarni qoʻllab-quvvatlash hali toʻliq yakunlanmagan holatda.

Windows Mobile 6 (Crossbow)



Ushbu qurilmada ishlash uchun yaratilgan Windows Mobile 6 (Crossbow) tizimining koʻplab „norasmiy“ versiyalari mavjud va endi hatto baʼzi uskuna va vositalar foydalanuvchilarga oʻzlarining shaxsiy WM6 ROM larini yaratishga imkon beradi.

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz