Hrithik Roshan
Hrithik Roshan (1974-yil 10-yanvarda tugʻilgan) — hind aktyori. U turli xil personajlarni mohirona tasvirlab bera olishi hamda raqslari tufayli mashhurlikka erishgan. U Hindistonning eng koʻp pul topuvchi aktyorlaridan biri hamdir. 6 marta Filmfare mukofotlarini qoʻlga kiritgan (shundan 4 tasi „Eng yaxshi aktyor“ nominatsiyasi boʻyicha). 2012-yildan buyon u Forbes India jurnalining eng boy 100 hind roʻyxatidan tushmay kelmoqda.
Dastlabki yillari
Hrithik Roshan Bombeyda kinoijodkorlar oilasida tavallud topgan. Uning ota tomondan kelib chiqishi panjob va bengaliyalik. Ota tomondan buvisi Ira Roshan bengal edi. Uning otasi Rakesh Roshan mashhur Bollywood prodyuseri boʻlib, musiqa direktori Roshanlal Nagratxning oʻgʻli edi. Onasi Pinki esa prodyuser Jay Om Prakashning qizi edi. Amakisi Rajesh Roshan ham musiqa bastakori boʻlgan. Oilada Hrithikdan tashqari Sunayna ismli qiz ham bor edi. Hrithik bolaligida Bombeydagi Shotlandiya maktabida tahsil olgan. Hrithik Roshanning oʻng qoʻlida tugʻma 6-barmoqning boʻlishi uni tengdoshlaridan ajrab qolishiga sabab boʻlgan. Bundan tashqari uning nutqida ham duduqlanish muammosi bor edi. U yoshlikdan nutq terapiyasi olishga majbur boʻladi. Hrithik birinchi marta bosh rolni Jetendr ijro etgan „Aasha“ (1980) filmida raqqos bolalar safida filmga tushdi. Bobosi Prakash rejissyorlik qilgan film uning keyingi shuhratiga yoʻl ochishi mumkin edi. Ammo 20 yoshida unga umurtqa pogʻonasi egriligi tashxisi qoʻyilgach, u kaskadyorlik va raqqoslik faoliyatidan voz kechishga majbur boʻladi. Moʻjiza tufayli sogʻligi tiklangan Hrithik Mumbaydagi Sidendam iqtisodiyot kollejida tahsil oladi va 1993-yildan boshlab otasiga turli filmlarni suratga olishida yordamchi boʻladi. Aktyorlik sirlarini hind aktyori Kishori Namit Kapurdan oʻrgana boshlaydi.
Faoliyati
1980-yilda „Aasha“ („Umid“) filmida;
1980-yilda „Aap Ke Deewane“ filmida;
1981-yilda „Aas Paas“ filmida;
1986-yilda „Bhagwaan Dada“ filmida;
2000-yilda „Kaho Naa… Pyaar Hai“, „Fiza“, „Kashmir missiyasi“ filmlarida;
2001-yilda „Xotiralar“, „Gohi shodlik, gohi gʻam“ filmlarida;
2002-yilda „Aap Mujhe Achche Lagne Lage“, „Na Tum Jaano Na Hum“, „Mujhse Dosti Karoge!“ filmlarida;
2003-yilda „Biz yolgʻiz emamsiz“ ("Krrish); „Men Prem ishqida devonaman“ filmlarida;
2004-yilda „Lakshya“;
2006-yilda „Krrish 2“, „Tezlik 2“, „Men seni koʻryapman“ filmlarida;
2007-yilda „Om Shanti Om“ filmida;
2008-yilda „Krazzi 4“, „Jodxa va Akbar“ filmlarida;
2009-yilda „Tasodifiy omad“ filmida;
2010-yilda „Guzaarish“ filmida;
2011-yilda „Don 2“ filmida;
2012-yilda „Olovli yoʻl“ filmida;
2013-yilda „Krrish 3“ filmida;
2014-yilda „Bang bang“ filmida;
2015-yilda „Hey Bro“ filmida;
2016-yilda „Moxenjodaro“ filmida;
2017-yilda „Kaabil“ filmida;
2019-yilda „Super 30“, „Urush“ filmlarida turli rollarni mahorat bilan ijro etgan.
Shaxsiy hayoti
2000-yil 20-dekabrda Hrithik Roshan Bangalorda hind musulmon aktrisasi Syuzan Xonga uylandi. 14 yillik turmush davomida ularning Xrexan (2006) va Xridxan (2008) ismli 2 oʻgʻil koʻradilar. 2014-yilda ular ajrashib ketadilar.
Filmografiyasi
Films
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org