HOVLI TO’YI
HOVLI TO’YI — xonadonning yangi turar joyga ko’chib o’tishini nishonlash marosimi. Qadimiy an’analardan hisoblangan. Hovli to’yi oilaning uyli-joyli bo’lishi, yangi qo’ni-qo’shnilar bilan yaqindan tanishish sharafiga tashkil qilinadi. Hovli to’yiga qarindoshlar, do’stlar va mahalla ahli (ba’zan imorat qurgan ustalar ham) taklif etiladi. Mehmonlarga ziyofat beriladi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TELEGRAM XIZMATLAR
Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar
Kanalga o'tish
Uzpedia.uz