House M.D.




Doktor House (inglizcha: House M. D.) — genial shifokor-tashxischi Gregori House va uning jamoasi haqidagi Amerika teleseriali. Serial butun dunyo miqyosida ommaviylashgan va bir necha marotaba Emmy va Peabody Award kabi nufuzli kinomukofotlarga ega boʻlgan. Serialning ilk qismi 2004-yilning 16-noyabrida FOX telekanalida efirga chiqdi.

Personajlar




Sherlock Holmesga havolalar

House bilan mashhur kitobiy detektiv Sherlock Holmes oʻrtasidagi oʻxshashliklar butun teleserial davomida kuzatib borilad; Shore Sherlock Holmesning ixlosmandi ekanligini tushuntiradi va personajning bemorlarga boʻlgan befarqligi noyobligini aytadi. Oʻxshashlik taraflari teleserial sujetining turli elementlarida kuzatiladi, masalan, Housening ishni yechimida ruhshunoslikka boʻlgan ishonchi, qiziqarsiz deb bilgan ishlarga qoʻl urmasligi, Housening uy manzili (221B-xonadon, Holmesning manzili ham shunday boʻlgan). Yana, House bilan Holmesning oʻxshashlik taraflariga musiqiy asbobni chalish (Holmes skripkani, House pianino va gitarani chaladi), narkotik moddalarni isteʼmol qilish (House vikodinni, Holmes kokainni) va Housening Doktor Jeyms Uilson bilan doʻstligi (Doktor Jon Vatsonga ishorat) kiradi. Uilson rolini ijro etuvchi Robert Shon Leonard aytadi-ki, avvaliga uning qahramoni va House teleserialda Sherlock Holmes va Doktor Vatson rollarini oʻynashlari kerak edi, ammo, Vatson rolini House jamoasi qabul qildi.

Teleserialdagi turli xil personajlar Sherlock Holmes olamidagi odamlarning ismiga ega, jumladan, ikkinchi mavsumning „Sababsiz“ nomli soʻnggi qismida House aqlini yoʻqotgan „Moriarti“ ismli bosqinchi tomonidan yaradorlanadi, bu Holmesning qasoskorini ham ismidir. Shuningdek, eng birinchi qismdagi asosiy bemorning ismi Rebecca Adler, bu ism Sherlock Holmes haqida birinchi hikoyadagi Iren Adler ayol ismidan olingan. Devid Shor Housening ismi (inglizchadan tarjimasi „uy“) Sherlock Holmesga shamadir („Holmes“ning talaffuzi „homes“ — „uylar“ soʻziga oʻxshash). Toʻrtinchi mavsumning „Bu ajoyib yolgʻon“ nomli qismida House „Arthur Conan Doylening toʻliq ikkinchi nashri“ni Mavlud sovgʻasi sifatida qabul qiladi. Beshinchi mavsumning „Olamga quvonch“ nomli qismida Wilson Housega Joseph Bell qalamiga mansub kitobni sovgʻa qiladi (Joseph Bell „Sherlock Holmes“ning yaratilishiga ilhom bagʻishlagan), bunda u „Greg, bu kitob meni sen haqingda oʻylantirdi“ degan xabarni yozadi, shuningdek, sovgʻani u yuborganligini boʻyniga olishdan avval, buni qandaydir Iren Adler yuborgan boʻlishi mumkinligini aytadi.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz