House Flipper
House Flipper — Frozen District tomonidan ishlab chiqilgan va PlayWay SA tomonidan nashr etilgan simulyator janridagi videooʻyin boʻlib. Oʻyin 2018-yil 17-mayda chiqarilgan.
Oʻyin jarayoni
Oʻyin foyda olish uchun mulkni taʼmirlashni oʻz ichiga oladi. Bajarilishi mumkin boʻlgan vazifalarga boʻyash, yotqizish, tozalash, oʻrnatish va buzish kiradi. Oʻyinchilar oʻz uylarini tuzatishi va shaxsiylashtirishi yoki ularni tuzatish va sotish uchun sotib olishlari mumkin.
Sharhlar
Metacritic agregatoriga koʻra, House Flipper „oʻrtacha va aralash sharhlar“ oldi, bir nechta sharhlovchilar uyni taʼmirlash yoqimli ekanligini taʼkidladilar, lekin uning uzoq muddat oʻynash va koʻnikish qiyinligini taʼkidlashdi. Kotakuning soʻzlariga koʻra, oʻyin tamirlab sotiladigon uylar haqidagi tasavvurimni olishimga yordam berdi, chunki bu juda batafsil miqyosda sodir boʻlayotgani uchun ajoyib tuyular ekan. PC Gamer jurnali shunday dedi: "Xunuk xonani tamirlash va uni chiroyli qilish maʼlum darajada qiziqarli va siz devorlarni buzib tashlashingiz (va qayta qurishingiz) juda zoʻr, lekin men zavqli sekin, mexanik boʻyash va tozalashni topa olmadim. House Flipper Steam -da bestsellerga oʻyiniga aylandi.
Mukofotlar
Oʻyin „Oʻyin-Simulyator janrida“ National Academy of Video Game Trade Reviewers Awards premiyasida nomzod boʻldi. House Flipper shuningdek, 2018-yilning eng yaxshi Polsha indie o‘yini sifatida Poznań Game Arena[pl] mukofotini oldi.
Manbalar
uz.wikipedia.org