House at the End of the Street
Xilvatdagi uy (inglizcha: House at the End of the Street) 2012-yilda ekranlarga chiqarilgan AQSh triller filmidir. FilmNation Entertainment va A Bigger Boat Productions studiyalari tomonidan ishlangan hamda Relativity Media tomonidan tarqatilgan. Film rejissori — Mark Tonderai, produserlari — Aaron Ryder, Peter Block va Hal Lieberman, ssenariy muallifi esa David Loucka'dir. Filmda bosh rollarni Jennifer Lawrence, Max Thieriot, Gil Bellows va Elisabeth Shue ijro etgan.
Filmning ilk relizi 21-sentabr 2012-yilda boʻlib oʻtgan. Film mablagʻi $6,9-10 millionni tashkil etib, kartina umumjahon boʻylab $44 million daromad qilgan.
Mazmuni
Yaqinda ajrashgan shifokor Sarah Cassidy (Elisabeth Shue) va uning 17 yoshli qizi Elissa (Jennifer Lourens) kichik shaharchaga koʻchib oʻtishadi. Ularga qoʻshnilari dahshatli bir hikoyani soʻzlab beradi. Hikoyaga koʻra shunday: Toʻrt yil oldin Carrie-Anne Jacobson ismli qiz ota-onasini oʻldirib, oʻrmonga qochib ketadi va shu bilan uni hech kim qaytib koʻrmaydi.
Rollarda
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org