Hou Zhihui
Hou Zhihui (xitoycha: 侯志慧; 1997-yil 18-martda tug'ilgan) - xitoylik og'ir atletikachi, Olimpiya o'yinlari chempioni, jahon chempioni va ikki karra Osiyo chempioni (ayollar o'rtasidagi 49 kg toifasi).
2021-yil holatiga ko'ra, u butun faoliyati davomida o'n bitta katta jahon rekordini o'rnatgan.
Sportdagi faoliyati
Hou Zhihui 2018-yilgi og'ir atletika bo'yicha jahon chempionatida 49 kg toifasidada ishtirok etdi va barcha ko'tarishlarni muvaffaqiyatli yakunlab, kumush medalini qo'lga kiritdi va ikkita jahon rekordini o'rnatdi.
2019-yilda Hou Zhihui Xitoyning Fuchjou shahrida bo'lib o'tgan 2019-yilgi IWF Jahon kubogida 49 kg toifasida ishtirok etdi. U barcha ko'tarish yo'nalishlarida, jumladan, siltab ko'tarishda oltin medalini qo'lga kiritdi va yakunda bir qancha yangi jahon rekordlarini o'rnatdi.
2021-yilda Yaponiyaning poytaxti Tokiyoda karantin sababli qoldirilib 1 yil kech o'tkazilgan 2020-yilgi Yozgi Olimpiada o'yinlarida Hou Zhihi ayollar o'rtasida 49 kg vaznda og'ir atletika bo'yicha Xitoyning ikkinchi oltin medaliga sazovor bo'ldi va siltab ko'tarish bahslarida umumiy hisobda 210 kilogramm natija bilan yangi Olimpiya rekordini o'rnatdi, bu uning 2020-yilgi og'ir atletika bo'yicha Osiyo chempionatidagi jahon rekordi natijasidan 3 kg ga kamlik qiladi.
Asosiy natijalar
Manbalar
uz.wikipedia.org