Hotel Transylvania: Transformania




Maxluqlar taʼtilda 4: Transformaniya (inglizcha: Hotel Transylvania: Transformania ; asl tarjimasi „Transylvania mehmonxonasi: Transformaniya“) 2022-yili ekranlarga chiqarilgan maxluqotlar haqidagi kompyuter-animatsion film boʻlib, Columbia Pictures va Sony Pictures Animation tomonidan ishlab chiqarilgan va Amazon Studios tomonidan tarqatilgandir. Maxluqlar taʼtilda franshizasining toʻrtinchi va oxirgi qismi boʻlgan bu film Maxluqlar taʼtilda 3: Dengiz chorlamoqda (2018) filmi davomidir. Film rejissorlari Jennifer Kluska va Derek Drymon, ssenariy mualliflari esa Amos Vernon, Nunzio Randazzo va Genndy Tartakovskydir. Filmda bosh qahramonlarga ovoz berganlar sirasiga Andy Samberg, Selena Gomez, Kathryn Hahn, Jim Gaffigan, Steve Buscemi, Molly Shannon, David Spade, Keegan-Michael Key, Brian Hull, Fran Drescher, Brad Abrell va Asher Blinkoff kirishadi.

Filmni dastlab AQSh kinoteatrlarida 2021-yilning 1-oktabridan namoyish etish rejalashtirilgan edi, biroq COVID-19 pandemiyasi tufayli Sony Pictures Releasing shirkati film premyerasini bekor qildi va filmni tarqatish huquqini Amazon Studiosga $100 million evaziga sotdi. Film 2022-yilning 14-yanvarida Amazon Prime Video platformasi orqali yoyinlandi.

Ovoz berganlar




Tanqid



Rotten Tomatoes kinotanqid saytida Maxluqlar taʼtilda 4: Transformaniya haqida 74 ta maqola yigʻilib, ulardan 51 foizi (5.20/10) filmni ijobiy baholaydi.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz