Hotel California
„
Hotel California “ („Kaliforniya mehmonxonasi“) Amerikada tuzilgan Eagles rok guruhi ijro etgan qoʻshiqdir. Guruhning ayni nomli albomiga kiritilgan. 1977-yilning fevralida singl oʻlaroq chiqarilgan. Qoʻshiq matni Don Felder, Don Henley va Glenn Frey tomonidan yozilgan.
Qoʻshiq guruh repertuaridagi eng taniqli taronalardan biridir. 1998-yilda uning uzun gitara kodasi Guitarist jurnali mushtariylari tomonidan tarixdagi eng yaxshi gitara solosi deb topilgan. Shuningdek, qoʻshiq Billboard Hot 100 chartida birinchi pogʻonagacha koʻtarilgan. Bundan tashqari, bir nechta xalqaro chartlarda yuqori oʻntalik safidan oʻrin egallagan.
2021-yil holatiga koʻra, „Hotel California“ qoʻshigʻi 2 204 marta ijro etilgan. Qoʻshiqni oʻnlab guruh, jumladan, „Bolalar“ oʻzbek pop-rock guruhi kaver qilgan.
Soʻzlari
Qoʻshiqning birinchi strofasida kelgan „colitas“ soʻzi („warm smell of colitas, rising up through the air“) marixuanaga shama ekanligi taʼkidlangan.
Jamoa
Chartlar
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org