Hosila Rahimova




Hosila Rahimova  — (Rahimova Hosilaxon Ibragimovna; 1975-yil 22-aprel, Surxondaryo viloyati Denov tumani) — oʻzbek estradasi xonandasi va baxshisi. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist unvoni hamda Shuhrat medali sohibasi.

Tahsili



1982—1992-yillarda Denov tumanida faoliyat olib borgan Q.Eshmurodova nomli 15-oʻrta maktabda tahsil olgan. Maktab vaqtlari boʻlgan 1986—1990-yillarda Denovda faoliyat olib borgan Yunus Rajabiy nomli musiqa maktabining rubob oʻrganishga ixtisoslashgan sinfini tamomlagan. 1990—1996-yillarda Denovdagi „Navnihol“ xalq ansambli va tuman madaniyat boʻlimida xonanda sifatida faoliyat olib borgan. 1998—2001-yillarda Toshkent Davlat Madaniyat instituti „Xalq musiqasi“ boʻlimini, 2010-yilda esa magistratura boʻlimini tamomlagan.

Ijodiy hamkorlari



Hosila Rahimova sanʼatdagi faoliyati davomida Mahmud Toir, Usmon Azim, S.Toʻychiyeva, H. Shodmon, R. Hotamova kabi shoirlar bilan hamkorlik qilib kelgan. Bastakorlardan Iqbol Muhammad, B.Eshmanov, R.Mahmudov, O.Safarov, D.Matkarimov, U.Sharipov, F.Alimardonov, Sh. Mamatqulov bilan ijodiy hamkorlik qilib keladi.

Mukofotlari



Hosila Rahimova faoliyati davomida koʻplab festival hamda koʻrik tanlovlarda ishtirok etib kelgan va taqdirlangan.

Shuningdek, Hosila Rahimova har ikki yilda oʻtkaziladigan „Boysun bahori“ folklor festivalida ishtirok etib kelmoqda.

Konsertlari[tahrir | manbasini tahrirlash]
Hosila Rahimova tomonidan 2003-yil 24-25-may kunlari „Turkiston“ saroyida oʻtkazilgan „Sizdan kechib boʻlmaydi“ ilk yakkaxon konsert dasturi, 2004-yil 26-27- iyunida Xalqlar doʻstligi saroyida boʻlib oʻtgan „Sogʻindim“ nomli konsert dasturi, 2006-yil 4-5- mayda Xalqlar doʻstligi saroyida oʻtkazilgan „Men togʻning qizi“, 2008-yil „Yurtimning bahori senmisan“, 2010-yil „Har oʻlanda yurt madhi“, 2012-yil „Ajdodlardan meros bu Vatan“, 2014-yil „Qoʻlda sozim doʻmbiram“, 2016-yil „Elimdan aylanay“ nomli konsert dasturlari oʻtkazilgan.

Hosila Rahimova Rossiya, Shimoliy Koreya, Germaniya, Turkmaniston, Turkiya, Qirgʻiziston, Qozogʻiston va Tojikiston davlatlarida ham konsert dasturlari oʻtkazgan. 2005-yilda Tojikiston Respublikasining milliy bayramlaridan biri boʻlgan „Sulh“ kunida respublika poytaxti Dushanbe shahridagi hashamatli „Kohi Borbod“ saroyida 26-27-iyun kunlari boʻlib oʻtgan konsert dasturi va Istanbuldagi Zaytunburun shaharchasida oʻtkazilgan konsertlar bergan.

Musiqiy Albomlari



Hosila Rahimova „MUVAD“ video studiyasi bilan hamkorlikda „Sizdan kechib boʻlmaydi“ (2003-yil) , „Sogʻindim“ (2004-yil), „Men togʻning qizi“ (2006-yil), „Yurtimning bahori senmisan“ (2008-yil), „Har oʻlanda yurt madhi“ (2010-yil), „Ajdodlardan meros bu Vatan“ (2012-yil), „Qoʻlda sozim doʻmbiram“ (2014-yil), „Elimdan aylanay“ (2016-yil) nomli mp3 va konsert dasturi video disklarda taqdim etilgan.

Qoʻshiqlar toʻplami



Hosila Rahimovaning „Bilarsan“, „Qizimga“, „Hay-haya“, „Jeydingku“, „Roksana“, „Jonim“, „Bayvichcha“, „Biyigul“, „Men togʻning qizi“, „Rashk“, „Koʻnglim“, „Kurash“, „Koʻpkari“, „Hoʻb aytdim“, „Oʻloyin“, „Chanqobuz“, „Alpomish“ kabi qoʻshiqlari xalq orasida mashhur boʻlgan.

Manba




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz