HOSIL BAYRAMI
HOSIL BAYRAMI – qishloq xo’jaligi xodimlarining an’anaviy bayrami (O’zbekistonda 1972 yilgacha “paxta bayrami” deb atalgan). Xo’jaliklar, tumanlar, viloyatlar miqyosida o’tkaziladi. Ko’pgina joylarda Hosil bayrami kech kuzda qishloq xo’jalik ekinlari hosili yig’im-terimi tamomlanishiga qarab nishonlanadi. Bayram kunlari ko’rgazmalar, qishloq xo’jalik mahsulotlari yarmarkalari uyushtiriladi; badiiy va sport o’yinlari, ot sporti musobaqalari, ommaviy sayillar o’tkaziladi. Mehnat ilg’orlariga mukofotlar topshiriladi. Hosil bayramida qishloq xo’jalik xodimlari bilan birga shahar aholisi, keng jamoatchilik ham ishtirok etadi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Uzpedia.uz