Hoshimxon Ishanov
Hoshimxon Ishanov ( 1924-yil tavallud topgan, Oʻzbekiston SSR ) — Oʻzbekiston SSR Namangan viloyati Uchqoʻrgʻon tumani, Uchqoʻrgʻon sovxozining paxtachilik brigadasi brigadiri, O‘zbekiston Kompartiyasi Namangan viloyat qo‘mitasi a’zosi, Mehnatkash deputatlar Uchqo‘rg‘on tuman Kengashi deputati. Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1972-yil).
Hayoti va faoliyati
1924-yilda Namangan viloyati qishloq aholi punktlaridan birida tug‘ilgan. Mahalliy qishloq maktabini tamomlab, 1941-yildan Uchqo‘rg‘on tumanidagi “Uchqo‘rg‘on” mahalliy kolxozida paxta plantatsiyalarida oddiy kolxozchi bo‘lib ishladi. Urushdan keyingi yillarda shu sovxozda paxtachilik brigadasini boshqargan. U rahbarlik qilgan brigada har yili paxta terimida qabul qilingan sotsialistik majburiyat va ishlab chiqarish rejalarini bajarib, yuqori mehnat natijalarini ko‘rsatgan. Yetti yillik reja natijalariga ko‘ra (1959—1965) ajoyib mehnat natijalari uchun u Lenin ordeni bilan taqdirlangan.
1970-yilda u rahbarlik qilgan brigada 75 gektar maydondan gektariga 25,7 sentnerdan (rejada gektariga 19,5 sentner). 1971-yilda esa 32,4 sentnerdan paxta xomashyosi oldi (reja 22,7 sentner). 1971-yilda 40,6 sentnerdan paxta xomashyosi oldi (reja 24,4 sentner).
SSSR Oliy Soveti Prezidiumining 1972-yil 14-dekabrdagi Farmoni bilan paxta, g‘alla va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va davlatga sotishni ko‘paytirishda qo‘lga kiritilgan ulkan muvaffaqiyatlar, ko‘rsatilgan mehnat jasorati uchun oʻrim-yigʻim davrida Ishanov Hoshimxon Lenin ordeni va Oʻroq va bolgʻa oltin medali hamda Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.
O‘zbekiston Kompartiyasi Namangan viloyat qo‘mitasi a’zosi, Mehnatkash deputatlar Uchqo‘rg‘on tuman Kengashi deputati etib saylangan. Hayotining so‘ngigacha Namangan viloyati Uchqoʻrgʻon tumanida yashagan.
Mukofotlari
Adabiyot
Manbalar
uz.wikipedia.org