Hoshim Sulton




Hoshim Sulton (tugʻilgan yili: nomaʼlum, vafoti: 1583; Axsikent shahri) — kelib chiqishi Shayboniylar sulolasidan boʻlgan sultonlardan biri. Abdullaxon II tomonidan Axsikent hokimi etib tayinlangan. Hoshim Sulton 1578-yili Margʻilon hamda Andijon hokimlari boʻlgan Mahdiy Sulton, Abdulgʻafur Sulton va Moʻmin Sultonlar bilan birga Abdullaxon hokimiyatiga qarshi isyon koʻtaradi. Isyondan xabar topgan Abdullaxon II Doʻstim Sultonni boshqa sultonlarga bosh qilgan holda katta qoʻshin joʻnatgan. Isyon bostirilib, Mahdiy Sulton va Abdulgʻafur Sulton oʻldirilgan. Keyinchalik qoʻlga olingan Hoshim Sulton Axsikent shahrida qatl etilgan va boshi Abdullaxonga joʻnatilgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz