Ho-Pin Tung
Ho-Pin Tung (xitoycha: 董荷斌; pinyin: Dǒng Hébīn; 1982-yil 4-dekabrda tugʻilgan) — Xitoy litsenziyasi bilan poygada qatnashadigan xitoy-gollandiyalik poygachi.
Faoliyati
Niderlandiyaning Gelderlanddagi Velp shahrida tugʻilgan. Tung oʻz faoliyatini 1997-yilda Gollandiyaning bir oʻrindiqli kart poygalarida boshlagan. 2001-yilda u Van Amersfoort Racing bilan Gollandiya Formula Ford chempionatida qatnashdi. 2003-yilgi Formula BMW Osiyo seriyasida gʻolib chiqdi. Ushbu natijadan soʻng u Williams F1 jamoasida ishtirok etish imkoniga ega boʻldi.
2004-yilda u ATS Formel 3 kubogida ishtirok etdi. Garchi u poygalarning birida gʻalaba qozongan va shohsupadan joy egallagan boʻlsa-da, mavsum yakunida 7-oʻrinni egalladi.
Tung 2005-yilda ATS F3 kubogida ishtirok etdi. 2006-yilda seriyani uchinchi oʻrinda yakunladi. Natijalar 9 ta poyga, 4 ta pole pozitsiyasi va 5 ta eng tez aylanishdan ibortat boʻldi.
2007-yilgi Xitoy Gran-prisidan boshlab BMW Sauber sinov poygachisi sifatida tanishtirildi.
2007-yil 4-aprelda BCN Competición 2007-yilgi GP2 Series uchun yaponiyalik haydovchi Sakon Yamamoto bilan birga Tung bilan ikkinchi haydovchi sifatida shartnoma imzolaganini eʼlon qildi.
Tung Trident Racing jamoasi uchun 2008-yilgi GP2 Asia Series va GP2 Series musobaqalarida qatnashib, birinchi unvoniga ega chiqdi.
2009-yilda u Superliga Formula seriyasida qatnashgan. U Galatasaray S.K jamoasi tarkibida ishtirok etgan va dastlabki uch raundda ishtirok etgan. U seriyadagi birinchi gʻalabasini Jarama raundida qoʻlga kiritdi.
2009-yil dekabr oyida Tung Renault F1 Team uchun sinovdan oʻtdi. Yanvar oyida u jamoaning uchinchi poygachisi sifatida eʼlon qilindi. Shartnoma doirasida u 2010-yilda DAMS jamoasi bilan GP2 seriyasiga qaytdi.
Tung 2017-yilgi FIA jahon chempionati uchun DC Racing jamoasida ishtirok etdi. 2017-yilgi 24 soatlik Le Manda Tung LMP2 avtomobilida yetakchilik qilgan. Barcha yuqori toifadagi LMP1 poygalarida faol ishtirok etdi. Oxir-oqibat, u Oreca 07 avtomobili bilan umumjamoa hisobida ikkinchi va LMP2 klassida birinchi boʻldi. U Jackie Chan DC Racing ekipajida 24 soatlik Le Manda klass boʻyicha oʻrin olgan birinchi xitoylik avtopoygachi boʻldi. Mavsumning qolgan qismida Tung, uning hamkasblari Oliver Jarvis va Thomas Laurent keyingi bosqichda ishtirok etishdi. Silverstoun va Nyurburgringda gʻalaba qozondi.
Natijalar
Indianapolis 500
Manbalar
uz.wikipedia.org