Hope Akpan
Hope Akpan (Talaffuzi: Hop Akpen 1991-yil 14-avgustda tugʻilgan) — professional futbolchi, Widnes, klubi yarim himoyachisi.
U "Everton" da yoshlar safidan o'tib, 2009-yilda asosiy jamoada debyut qilgan. Akpan keyinchalik Hull City(ijaraga), Crawley Town, Reading, Blackburn Rovers, Burton Albion va Bradford City klublarida o'ynagan. U 2019-yilning mart oyida Bradford City sardoriga aylandi, biroq o‘sha mavsum oxirida sardorlikdan mahrum bo‘ldi. U keyingi mavsum oxirida klubni tark etib, 2021-yilning yanvarida Finlandiyaning SJK klubi bilan shartnoma imzoladi. U 2021-yilning iyulida SJKni tark etdi. 2022-yil yanvar oyida u Angliyaga qaytib keldi va Atherton Laburnum Rovers va Widnes klublari bilan ligadan tashqari futbol o'ynadi.
Akpan Angliyada tug'ilgan va Nigeriyani xalqaro miqyosda himoya qiladi.
Klubdagi faoliyati
Everton
Mersisaydning Liverpool shahrida tug'ilgan Akpan o'z faoliyatini "Everton" da 8 yoshida boshlagan. U o'z yo'lini bosib o'tib, murabbiy Neil Dewsnip qo'l ostidagi akademiyaning doimiy o'yinchisiga aylandi. Akpan 2008-yilda murabbiy Andy Holden qo'l ostida klub zaxirasiga o'tdi va yil oxirigacha o'zining ilk professional shartnomasini imzoladi.
2009-10-yilgi mavsumda foydalanilmagan o'rinbosar sifatida asosiy jamoaga kiritilgane. Akpan 2009-yilning 17-dekabrida UEFA Yevropa Ligasida BATEga qarshi " Everton" safida debyut qilgan.
2011-yilning 17-martida Akpan 2010-11-yilgi mavsumning qolgan qismida Chempionshipning Hull City jamoasiga ijaraga o‘tdi. Akpan Hull Cityda debyut qilib, birinchi bo‘lim boshida Corry Evans o‘rniga maydonga tushdi. Akpan 2011-yilning 25-aprelida Queens Park Rangersga qarshi o‘yinda David Amoo darvozasiga go'l urdi. Shuningdek, u mavsumning so'nggi o'yinida, Bristol Cityga qarshi o'yinda (3:0) yana bir bor maydonga tushdi. Akpan "Hull City"da boshqa o'yinlarda qatnashmadi. Shundan so'ng u, o'zining yoshlikdagi klubiga qaytdi(Everton)
Xalqaro martaba
Akpan Angliyada tug'ilgan (ota-onasi Nigeryalik). U 2013-yilda Nigeriyani xalqaro miqyosda vakillik qilish niyatida ekanligini e'lon qildi.
Akpan Nigeriya terma jamoasiga ilk chaqiruvini 2014-yilning oktyabr oyida olgan. U o'sha oyning oxirida, 2014-yilning 15-oktyabrida Afrika Millatlar Kubogi saralash bahsida debyut qilgan.
Statistika
Manbalar
uz.wikipedia.org