Hong Chul




Hong-Chul (koreyscha: 홍철 ; 1990 yil 17-sentyabr, Seongnam, Koreya Respublikasi) — kelib chiqishi janubiy koreyalik boʻlgan futbolchi, „Ulsan Hyundai“ klubi va Janubiy Koreya terma jamoasi himoyachisi.

Klubdagi faoliyati



U futbolchi sifatidagi oʻzining ilk faoliyatini Dankuk universiteti jamoasida oʻynab boshlagan, keyin esa „Seongnam“ klubiga taklif etilgan. U 2010-yilning 23-fevralida Yaponiyaning “Kavasaki Frontale” jamoasiga (2:0) qarshi OChL oʻyinida kattalar toifasida debyut qilgan. Natijada Chul jamoaga ushbu xalqaro sovrinni qoʻlga kiritishda yordam berdi va keyingi yili klub bilan Janubiy Koreya kubogini ham qoʻlga kiritdi. Umuman olganda, u futbolchilik faoliyatining asosiy uch mavsumini Seongnam shahri jamoasida oʻtkazdi. Seonnam bilan oʻtkazgan oʻyin vaqtning koʻp qismida jamoaning asosiy himoyachisi vazifasini bajardi.

2013-yil boshida u Suvon Samsung Bluewings klubi bilan shartnoma imzoladi va futbolchilik faoliyatining keyingi toʻrt mavsumini shu klubda oʻtkazdi. 2016-yilda asosiy tarkibda oʻynab, mamlakat kubogini qoʻlga kiritdi.

2017- yilning boshida Chul harbiy xizmatga chaqirildi va Sangju Sanmu armiyasi jamoasida oʻynay boshladi, u yerda u ikki yillik harbiy xizmatni oʻtkazishi kerak edi. 2018-yilning 2-iyun holatiga koʻra, u klub safidagi milliy chempionatda 42 ta oʻyin oʻtkazgan.

Statistika:



2017-yil 2-dekabr holatiga ko'ra

Terma jamoadagi faoliyati



2009—2010-yillarda Janubiy Koreya yoshlar terma jamoasiga taklif qilingan. Yoshlar miqyosida u umumiy 10 ta rasmiy oʻyinda maydonga tushib, 1 ta gol sohibi boʻldi.

2011-yil 9-fevralda Janubiy Koreya terma jamoasi tarkibida Turkiyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida (0:0) maydonga tushdi. Va bu uning debyut uchrashuvi sifatida belgilandi.

Terma jamoa tarkibida 2018-yilda Rossiyada boʻlib oʻtgan jahon chempionati ishtirokchisi boʻlgan.

Eslatmalar:




Havolalar:




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz