Homiladorlik gipertenziyasi




Gestatsion gipertenziya yoki homiladorlik tufayli kelib chiqqan gipertenziya  – homilador ayolda 20 haftalik homiladorlikdan keyin siydikda protein yoki preeklampsiyaning boshqa belgilari boʻlmagan holda gipertenziya rivojlanishi. Gestatsion gipertenziya kamida 6 soatlik interval bilan qon bosimining ikki marta 140/90 dan yuqori boʻlishi bilan tavsiflanadi.

Belgilari



Hozirgi vaqtda homiladorlik gipertenziyasining rivojlanish ehtimolini oldindan bilish uchun yagona diagnostika testi mavjud emas. Yuqori qon bosimi homiladorlik gipertenziyasini tashxislashning asosiy belgisidir. Homiladorlik gipertenziyasi boʻlgan baʼzi ayollar asimptomatik boʻlishi mumkin, biroq odatda bu holat bilan bogʻliq bir qator alomatlar yuzaga keladi[1].

Alomatlar

Xavf omillari



Ona tomonidan xavf omillari:

Homiladorlik bilan bogʻliq sabablar:

Oilaviy tarixi

Differensial diagnostika



Homiladorlikning bir nechta gipertenziv holatlari mavjud:

Gestatsion gipertenziya
Gestatsion gipertenziyada differensial diagnostika ekplamsiya va preeklampsiya holatlari bilan oʻtkaziladi. Homiladorlik gipertenziyasi odatda siydikda oqsil boʻlmasdan, 6 soatdan koʻproq vaqt oraligʻida ikkita alohida holatda oʻlchanadigan va homiladorlikning 20 haftasidan keyin tashxis qoʻyilgan qon bosimining 140/90 dan yuqori boʻlishi bilan tavsiflanadi[4].
Preeklampsiya
Preeklampsiya – bu homiladorlik gipertenziyasi va proteinuriya (24 soatlik siydik namunasida >300mg oqsil boʻlishi). Ogʻir preeklampsiya holati qoʻshimcha tibbiy belgilar va alomatlar bilan birga 160/110 dan yuqori qon bosimini oʻz ichiga oladi. HELLP sindromi preeklampsiyaning bir turi. Bu uchta tibbiy holatning kombinatsiyasi hisoblanadi: gemolitik anemiya, jigar fermentlarining miqdorining koʻtarilishi va trombotsitlar sonining pastligi
Eklampsiya
Bu yuqori qon bosimi va proteinuriya bilan ogʻrigan homilador ayolda tonik-klonik tutqanoqlar paydo boʻlishi.
reeklampsiya va eklampsiya baʼzan umumiy sindromning tarkibiy qismlari sifatida qaraladi.

Davolash



Hech qanday maxsus davolash usullari yoʻq, lekin preeklampsiya va uning hayotga xavf tugʻdiruvchi asoratlarini (HELLP sindromi va eklampsiya) tezda aniqlash uchun diqqat bilan kuzatib boriladi.

Dori moddalari bilan davolash imkoniyatlari cheklangan, chunki koʻplab antigipertenziv dorilar homilaga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin. ACE ingibitorlari, angiotenzin retseptorlari blokerlari va toʻgʻridan-toʻgʻri renin ingibitorlari teratogen taʼsirga ega boʻlgani uchun homiladorlikda qarshi koʻrsatmadir. Metildopa, gidralazin, nifedipin va labetalol ogʻir homiladorlik gipertenziyasi uchun eng koʻp qoʻllaniladigan dori vositalaari hisoblanadi.

Homilada hayot uchun xavfli boʻlgan turli xil kasalliklar, shu jumladan oʻpka gipoplaziyasi (yetilmagan oʻpka) uchrash xavfi yuqori. Agar xavfli asoratlar homila yashab keta olish darajasiga yetganidan keyin paydo boʻlsa, hatto hali yetuk boʻlmasa ham, onaning ham, bolaning ham hayotini saqlab qolish uchun erta tugʻruq amalga oshirilishi mumkin. Tugʻishning tegishli rejasi yangi tugʻilgan chaqaloqlarning ilgʻor hayotini qoʻllab-quvvatlash uchun moʻljallangan shifoxonani tanlashni oʻz ichiga oladi. 

Evolyutsion mulohazalar



Odamlar



Gestatsion gipertenziya inson homiladorligida eng koʻp uchraydigan kasalliklardan biridir. Yakka holda kelishi nisbatan xavfsiz boʻlsa-da, homiladorlik gipertenziyasi holatlarining deyarli yarmida kasallik preeklampsiyaga oʻtadi, bu homilador ona uchun oʻlimga olib kelishi mumkin boʻlgan xavfli holatdir. Biroq, homiladorlik gipertenziyasi boshqa hayvonlarda juda kam uchraydigan holat. Garchi baʼzi primatlarda ham turli xil mexanizmlar tufayli shunga oʻxshash holatlar rivojlanishi mumkinligi haqida baʼzi soʻnggi maʼlumotlar maʼlum boʻlsa-da, koʻp yillar davomida ilmiy hamjamiyat homiladorlik gipertenziyasi va preeklampsiya faqatgina odamlarga xos boʻlganiga ishonishgan. Odamlarda homiladorlik gipertenziyasining asosiy sababi odatda notoʻgʻri joylashib qolgan yoʻldosh deb hisoblanadi. Insonlar onadan homilaga kislorodni yaxshiroq oʻtkazish va uning bosh miyasining oʻsishini qoʻllab-quvvatlash uchun juda invaziv yoʻldoshga ega.

Yoʻldoshning kelib chiqishi




Gestatsion gipertenziyaning kelib chiqishi odamlarda gemoxorial yoʻldoshning rivojlanishi bilan bogʻliq boʻlishi mumkin. Gemoxorial yoʻldosh homila qoniga oʻzlashtirilishi mumkin boʻlgan kislorod va ozuqa moddalarining miqdorini optimallashtiradi, shu bilan birga chiqindilarning homiladan tez tarqalishini taʼminlaydi. Bu gemoxorial platsenta quyi sinflardagi primatlarning epitelioxorial yoʻldoshlaridan homila toʻqimalarining onaning qoni bilan toʻgʻridan-toʻgʻri taʼsir qilishiga imkon berishi bilan farq qiladi. Shunday qilib, gemoxorial yoʻldosh homilaga va undan qondagi moddalarning tezroq tarqalishiga yordam beradi.

Otlar va choʻchqalar kabi epiteloxorial yoʻldoshli hayvonlarda qon tomir tizimida ona qonining oqimiga eng katta qarshilik yoʻldosh ichida topilgan. Shu bilan birga, kemiruvchilar va primatlar kabi gemoxorial yoʻldosh tuzilmalari boʻlgan hayvonlarda yoʻldoshdagi qon tomirlarining qarshiligi past boʻlgan, bunga koʻra olimlar onaning qon oqimiga eng katta qarshilik ona qon tomir tizimining boshqa joylarida boʻladi degan xulosaga kelgan. Yoʻldoshdan tashqarida yuqori qon tomir qarshiligi boʻlishi butun tanada onada qon bosimining oshishiga olib keladi.

Bachadon devorida joylashadigan homila hujayralari trofoblast deb nomlanadi. Gemoxorial yoʻldosh homila toʻqimasini oʻrab turgan ona qonida lakunalar yoki havzalar hosil qilib, homila trofoblastini ona qoni bilan taʼminlaydi. Lakunalar spiral arteriyalar bilan toʻldiriladi, yaʼni onaning qon bosimi tizimga kislorod va homila uchun oziq-ovqat boʻlgan yangi qonni kiritish uchun harakatlantiruvchi kuch boʻlib ximat qiladi. Odamlarda boshqa primatlardan ajralib turadigan tana hajmiga koʻra katta miyani oʻsishi uchun gemoxorial yoʻldosh tomonidan taʼminlangan diffuziyaning kuchayishi kerak deb taxmin qilinadi.

Yoʻldoshning notoʻgʻri implantatsiyasi



Oddiy gemoxorial yoʻldosh tuzilishidagi „xatoliklar“ preeklampsiya va homiladorlik gipertenziyasiga olib keladi, deb hisoblanadi. Odam yoʻldoshi bachadon devoriga „ertaroq, chuqurroq va kengroq“ joylashadi, bu esa inson homiladorligida uchraydigan koʻplab muammolarga olib kelishi mumkin, ammo boshqa hayvonlarda bundan mustasno. Homilador boʻlish va preeklampsiya boshqa turlarda juda kam uchraydi, ammo odamlarda homiladorlik bilan bogʻliq eng keng tarqalgan kasalliklardan ikkitasi hisoblanadi. Homiladorlik gipertenziyasi va preeklampsiyaning genetik ildizlari aniq, chunki oilada kasallik tarixi boʻlgan ayollar homilador boʻlganlarida uni boshqa ayollarga nisbatan uch baravar koʻproq rivojlanish ehtimoli bor.

Homiladorlik gipertenziyasi va preeklampsiyaning mumkin boʻlgan sabablaridan biri bu trofoblastlarning bachadon shilliq qavatiga yetarlicha kirib bormasligi hisoblanadi. Homilaning trofoblastlari bachadon devoriga toʻliq choʻzilmaganda, spiral arteriyalar toʻliq qarshilikka ega boʻlmagan kanallarga aylanmaydi. Spiral arteriyalarning bu toʻliq boʻlmagan konvertatsiyasi homiladorlik davrida bachadon qon oqimiga qarshilikni oshirishi va bu hodisaning homiladorlik gipertenziyasi bilan bogʻliqligi aniqlangan. Gestatsion gipertenziyaga olib keladigan spiral arteriyalarning toʻliq boʻlmagan buzilishining mumkin boʻlgan sabablaridan biri ona toʻqimalarining oʻzi uchun begona boʻklgan homila toʻqimalariga qarshi notoʻgʻri immun reaksiyasi hisoblanadi. Shu sababli, homiladorlik gipertenziyasining asorati homilaning faqat odamlargagina xos boʻlgan bachadon devoriga erta implantatsiyasi bilan bogʻliqliklarga ega ekanligi aniq.

Odamlarda mavjud boʻlgan yuqori invaziv yoʻldosh odamlar qon aylanishida xorionik gonadotropin gormonlarining yuqori darajasi bilan bogʻliq deb taxmin qilinadi. Bu gormonlar darajasi qanchalik yuqori boʻlsa, trofoblastning bachadon devoriga shunchalik chuqurroq kirib borishi isbotlangan. Homiladorlik gipertenziyasi va preeklampsiya holatlari onada odam xorionik gonadotropin darajasining pastligi sababli bachadon devorining invaziyasi yetarlicha chuqur boʻlmaganida paydo boʻlishi koʻrsatilgan.

Evolyutsion bogʻliqlik



Homiladorlik gipertenziyasi uchun ushbu xavf omillariga qaramay, gemoxorial yoʻldosh homiladorlikning keyingi davrida onadan homilaga moddalar tarqalishiga yordam beradigan afzalliklari tufayli eng mukammal deb qarala. .Onaning qon bosimining ortishi yurak zarb hajmini orttirishga yordam berishi mumkin, bu esa homilaning oʻsib borayotgan miyasini yetarli miqdorda kislorod va ozuqa moddalarini olishini taʼminlay. . Toʻgʻri yurish va quruqlikda yugurish imkoniyati boʻlgan ikki oyoqlilikdan kelib chiqadigan kamchiliklardan, jumladan, homiladorlikning yoʻldoshga bogʻliq kasalliklaridan, masalan, homiladorlik gipertenziyasidan ustun keldi. Xuddi shunday, katta miya hajmiga ega boʻlishning afzalliklari, spiral arteriyalarni har doim ham samarali ravishda oʻzgartira olmaydigan yoʻldoshga ega boʻlishning zararli taʼsiridan ustun boʻlib, odamlarni homiladorlik gipertenziyasiga qarshi himoyasiz qoldiradi. Taxminlarga koʻra, neandertallarda bunday boʻlmagan va ular bosh miya hajmi haddan tashqari oshgani va yoʻldoshlari homilalik miya rivojlanishini boshqarish uchun mukammallashmaganligi sababli nobud boʻlgan, bu esa keng tarqalgan preeklampsiya, ona va homila oʻlimiga olib kei..

Homiladorlikning dastlabki bosqichlarida (1-trimestr) yuzaga kelgan homiladorlik gipertenziyasi bolaning hayotining birinchi yilida ham, keyingi hayotida ham sogʻligʻini yaxshilashi koʻrsatilgan. Biroq, kasallik homiladorlikning kech davrida (keyingi trimestrlarda) rivojlansa yoki preeklampsiyaga aylansa, homila sogʻligʻiga salbiy taʼsir koʻrsatishi, shu jumladan, bolaning kam vazn bilan tugʻilishiga olib kelishi taxmin qilingan. Onaning qon bosimini oshirish uchun moʻljallangan homila genlari shunchalik foydaliki, ular preeklampsiyadan kelib chiqishi mumkin boʻlgan salbiy taʼsirlardan ustun turadi. Bundan tashqari, homiladorlik gipertenziyasi va preeklampsiya odamlarning madaniy salohiyati va doyalar yoki yordamchilarning chaqaloqlarni tugʻdirishda yordam berishi tufayli faol jarayon sifatida qolishi taklif qilingan.

Evolyutsiya tarixining dolzarbligi



Evolyutsion tibbiyotning maqsadi kasallikning evolyutsion tarixidan xabar beruvchi boshqa kasalliklarni davolash usullarini topishdir. Homiladorlik davridagi gipertenziya homiladorlik davrida insulinga rezistentlik bilan bogʻliqligi taxmin qilingan. Gestatsion diabetga olib kelishi mumkin boʻlgan qonda qand miqdorining koʻpayishi ham, homiladorlik gipertenziyasiga olib kelishi mumkin boʻlgan qon bosimining oshishi ham ona toʻqimasidan homila toʻqimalariga oʻtishi mumkin boʻlgan oziq moddalar miqdorini optimallashtirishni taʼminlovchi mexanizmlardir. Insulinga rezistentlik bilan kurashish uchun qoʻllaniladigan usullar homiladorlik gipertenziyasi boʻlganlar uchun ham foydali boʻlishi mumkinligi taxmin qilingan. Insulinga nisbatan rezistentlikning oldini olish choralari orasida homiladorlikdan oldin semirib ketishdan qochish, homiladorlik paytida tana vazni ortishini minimallashtirish, past glikemik indeksli ovqatlarni isteʼmol qilish va jismoniy mashqlar kiradi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz