Homila yelkasi distotsiyasi




Homila yelkasi distotsiyasi – homila boshi tug’ilgandan so’ng oldingi
yelkasining qovga (ko’p hollarda) yoki orqa yelkasining (kam hollarda)
dumg’aza do’mbog’iga (beshinchi bel umurtqasi va dumg’aza suyagi asosi
birlashmasi)taqalib qolishi va odatdagi usullar yelka tug’ilishiga yordam
bermasdan qo’shimcha muolajalar talab qilinishi.
Klinik belgilari:
Homila boshi tug’ilgandan so’ng orqa tomon oraliqqa itariladi (“toshbaqa
belgisi”). Boshi oraliqqa mahkam taqalgan. Yengil odatdagi usul yelkalar
tug’ilishiga imkon bermaydi. Onaning kuchanishiga qaramasdan oldingi
yelka, yelkalar yoki yelka kamari tug’ilmaydi.
Antenatal xavf omillari:
•Oldingi tug’ruqlarda ham yelka tiqilib qolishi kuzatilishi
•Qandli diabet
•Muddatidan o’tgan homiladorlik
•Yirik homila(adabiyotlarda 4.0-4.5 kg), shuningdek anamnezida yirik
homila
•Onaning tana vazni indeksi >30 kg/m2
•Tug’ruqni chaqirish– ko’p tug’uvchilar
•Intranatal xavf omillari:
•Tug’ruq faoliyati sustligi
•Tug’ruqning 2 davrining uzayishi hamda tez tug’ruqlar (kuchaniq davri)
•Oksitostin bilan tug’ruqni kuchaytirish
•Qin orqali instrumental tug’dirishlar
•Kuchaniqni tezlashtirish

<<Manba>>

uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz