Homayoun Ershadi
Homayoun Ershadi (shuningdek,
Homayon Ershadi , forscha: همایون ارشادی. 1947-yil 26-martda tugʻilgan) — Eronlik aktyor, "Gilos taʼmi" (1997) filmidagi debyut rolini ijro etgan. Shundan soʻng bir qancha Eron va boshqa filmlar, jumladan Gollivud filmlari "The Kite Runner" va "Zero Dark Thirty"da tanilgan.
Hayoti
Ershadi Italiyada meʼmorchilik bo‘yicha tahsil olgan. Oʻqishni 1970-yilda tugatgan va uzoq yillar meʼmor bo‘lib ishlagan.
U aktyor sifatida taniqli eronlik rejissyori Abbos Kiarostami tomonidan „kashf“ etilgan. Ershadi Tehronda tirbandlikda mashinasida o‘tirganida, Kiarostami uning oldiga kelib, "Gilos taʼmi" filmida bosh rolni o‘ynashni taklif qiladi.
2007-yilda Afgʻonistonda oʻsib ulgʻaygan ikki yosh bola haqida "The Kite Runner" filmida rol oʻynagan.
Mukofotlari
Ershadi 2017-yilda San-Fransiskoda (Kaliforniya, AQSh) boʻlib oʻtgan 10-Eron filmlari festivalida "Moviy chiroq " filmidagi roli uchun „Eng yaxshi qisqa metrajli film aktyori“ nominatsiyasida Sepanta mukofotini qoʻlga kiritdi.
Madaniy maʼlumotnoma
Nikol Kraussning "Seeing Ershadi (Ershadini ko‘rish)" qissasi The New Yorker jurnalida 2018-yil 5-martda chop etilgan. Asar Ershadi ishtirokidagi filmni tomosha qilib, keyin uning yuziga havasmand boʻlib qolgan balet artisti haqida.
Filmografiya
Manbalar
uz.wikipedia.org