Hokusai
Katsushika Hokusai , Nakajima Tamekazu [1760 — Edo (Tokio) — 1849.18.4] — yapon rassomi, Ukiyoe yoʻnalishining yirik namoyandasi. Yapon gravyurasida manzara janri asoschisi. Katsukava Shunso va boshqa ustalardan taʼlim olgan (1777—78). Xitoyning Min davri, Kano maktabi rassomligini oʻrgangan, "goʻzallar", "odamlar", manzara janrlarida ijod qilgan. 30 mingga yaqin gravyura va rasmlar yaratgan (15 jildli "Manga" kitobida, 181271). Yirik asarlarida dadil perspektiv samaralar taassuroti kutilmagan ranglar uygʻunligi orqali yapon manzaralarini oʻziga xos obrazini yarata olgan: "Fuji togʻining 36 koʻrinishi" turkumi (1823—29), "Turli viloyatlardagi yangi koʻpriklar" (1827—30), "Turli viloyatlar sharsharalari boʻylab sayohat" (1827—33), "Fudzi togʻining 100 koʻrinishi" (1834—35) va boshqa
X. asarlari hozirgacha qiziqib oʻrganiladi, koʻrgazmalarda namoyish etiladi, rassomlar (jumladan, oʻzbekistonlik rassomlar) ijodiga taʼsiri kuzatiladi.
Biografiya
Hokusai (Katsushika Hokusai; 1760, Edo (hozirgi Tokio) — 10-may 1849, Tokio), ukiyo-e rassomi, oʻymakor - yapon san'atining buyuk dahosi. Bir necha taxalluslar ostida ijod qilgan.
Ishlari va ta'siri
Fuji togʻining oʻttiz olti koʻrinishidan ayrim ukiyo-elar:
Boshqa ishlari:
Havolalar
uz.wikipedia.org