Ho‘kiz tili




Govzabon , hoʻkiz tili (Anchusa italica Retz.) — kampirchopondoshlar oilasiga mansub koʻp yillik begona oʻt. Poyasi sershox, tikanli, tik usadi, boʻyi 40—100 sm. Barglari qalin tuksimon tikanlar bilan qoplangan; ildiz yonidagi barglari yirik, choʻziq-ellipssimon, poyadagilari — bandsiz, nashtarsimon. Gullari havorang, yirik roʻvaksimon toʻpgulga yigʻilgan. Mevasi — uch qirrali yongʻoqcha. Oʻq ildizi yoʻgʻon, sershox. May—avg.da gullaydi va meva tugadi. Urugʻidan koʻpayadi. Qurgʻoqchilikka chidamli. Oʻrta Osiyoda tarqalgan. Gʻoʻza, beda, gʻalla ekinlari orasida, shuningdek, yoʻl yoqalari tashlandiq yerlar, bogʻlar va ariq boʻylarida oʻsadi. Kurash choralari: ekinlarni oʻtoq qilish; gʻalla ekinlari maydonlarini oʻrimdan keyin 6—8 sm chuqurlikda yumshatish; shudgor qilish; gerbitsidlar purkash.

Adabiyotlar








uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz