Hojisiddiq Islomov




Islomov Hojisiddiq (1893, hozirgi Fargʻona viloyati, Logʻon qishlogʻi — 1933, Toshkent) — ilk oʻzbek professional aktyorlaridan. Oʻzbek teatri aktyorlik sanʼatida komediya janrining rivojlanishiga samarali hissa qoʻshgan. Moskvadagi oʻzbek drama studiyasida] taxsil olgan (1924-27). 1917-24-yillarda Hamza tuzgan Fargʻona oʻlka sayyor truppasida, 1927—33-yillarda Hamza teatrida aktyor. Oʻzbek xalqanʼanaviy teat-rini zamonaviy teatr bilan bogʻlashga institutilgan, hajviy obrazlar yaratgan. Eng yaxshi rollari: domla ("Hujum"), tabib ("Halima"), domla ("Tuhmatchilar jazosi"), Pantalone ("Malikai Turandot"), Osip ("Revizor") va b. Xu-shovoz xonanda ham boʻlgan. Konsertlarda kulgili qoʻshiqlar aytgan, qiziqchilik qilgan, Mirshohid Miroqilov bilan hajviy duet yaratgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz